Aleksandr Xomyakov: "Men o'zbek futboli rivojiga hissa qo'shishni istayman"
12 sen 2014 23:40
Yangiliklar
Aleksandr Xomyakov: "Men o'zbek futboli rivojiga hissa qo'shishni istayman"
Bugun bo'lib o'tgan "Mashal" - "Neftchi" (1:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov matbuot anjumanida ishtirok etdi.
"Natijadan xursandman. O'yinni juda yomon o'tkazdik. Teng kurashda g'alabaga erishganimiz bu jamoaning irodasidir. Birinchi bo'limda yaxshigina tashabbusga ega bo'lgan edik lekin ikkinchi bo'limda ko'p vaziyatlarni futbolchilar his qila olmadi. SHunday jamoam borligi bilan faxrlansam bo'ladi" , - deydi Aleksandr Xomyakov
"Biz davralar oralig'ida faqat hujum chizig'ini kuchaytirish borasida ish olib bordik. Himoyada endi ikkinchi davrani o'zidayoq 13 ta to'p o'tkazib yubormoqdamiz. Bu esa futbolda qaysidir chiziqni kuchaytirish bilan jamoa bo'lmasligini ko'rsatmoqda. Bizda asosiy tarkib degan tushuncha yo'q. SHaxsan o'zim uchun bironta futbolchini u asosiy tarkib o'yinchisi deb tanlay olmayman. Botir Nosirov bugun yaxshi o'yin ko'rsatdi agar keyingi o'yin oldidan mashg'ulotlarda Sanjar Quvvatov yaxshi o'yin ko'rsatsa maydonga tushadi. Ikki darvozabonimizni birini asosiy darvozabon deya olmayman".
"Albatta men mana olti yildan buyon o'zbek futbolidaman. Agar o'zbek futboliga nimadir bergan bo'lsam mamnun bo'laman. Maqsadim o'zbek futboli rivojiga hissa qo'shish. O'zbekistonda juda ko'plab istedodli yoshlar bor. Ularni etuk futbolchi qilib tarbiyalashimiz kerak".

Fikrlar