So’nggi yangiliklar

19:02Саматов энди "Андижон"да спорт директор бўлиб ишлайди  1 18:38"Андижон" дарвозабони билан шартномани узайтирди  2 18:19"Манчестер Юнайтед" Мареска номзодини кўрмаяпти  0 18:00Хаби Алонсо: "Винисиусда табассум кўряпман"  0 17:31Суперлига клублари қачон, қаерда йиғин ўтказишади?   8 17:23"Манчестер Юнайтед"нинг декабрь ойидаги энг яхши футболчиси маълум қилинди  0 17:03Сергей Арсланов "Сўғдиёна"да иш бошлади  2 16:39"Атлетико" президенти: "Ишончим комилки, Симеоне билан EЧЛда ғалаба қозонамиз. Нега энди йўқ? Бизда яхши жамоа бор, бироз омад етишмаяпти”  2 16:36Бешариқ туманида футбол фахрийлари ўртасида шоу учрашуви ташкил этилди  0 16:15Кес Смит "Реал"га ўтишга қарор қилди  0 15:47Индонезия терма жамоасига бош мураббий тайинланди  8 15:06"Реал" Родрини сотиб олиши мумкин  6 14:36"Ливерпуль” Эквадор терма жамоаси ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 14:03Рики Пуч тиззасидан олган жароҳати туфайли 2026 йилни ўтказиб юбориши мумкин  3 13:20Фонсека: "Эндрик 90 дақиқа ўйнашга тайёр эмас"  0

Aleksandr Xomyakov: "Jamoam durangga munosib edi" Yangiliklar

Aleksandr Xomyakov: "Jamoam durangga munosib edi"

Superliganing 15-turidan o'rin olgan "Mashal" - "Paxtakor" (0:1) uchrashuvidan so'ng muborakliklar bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Bir so'z bilan aytganda jamoam durangga munosib edi. Yigitlar bor kuchlarini sarflashdi. Vaziyatlar yaratishdi. Afsuski, penaltidan foydalana olganimiz yo'q. O'z hisobimizga bir ochko bo'lsa ham qo'shib olishni chin dildan istagandik. Futbolchilar berilgan rejani aniq bajarishdi va o'z ishlariga yaxshi yondoshishdi",- deydi Aleksandr Xomyakov.

- Ikkinchi bo'limda "Mashal"da ko'plab qulay imkoniyatlar yuzaga kelganiga qaramasdan foydalana olmadi. Bu omadsizlikmi yoki futbolchilardagi mahoratning kamligi?

- O'zingiz aytganingizdek vaziyatlar bizda ko'p bo'ldi, deya olaman. Faqatgina realizaciya etishmadi. Hujum chizig'i vakillari yomon o'ynashgani yo'q. Qaerdadir biz foydalanishimiz shart bo'lgan vaziyatlarni qo'ldan boy berdik. Ayrim holatlarda mahorat kamlik qilgan bo'lishi mumkin. "Nasaf" bilan bahsda "Paxtakor" darvoza to'sini goldan qutqargandi. Biz bilan ham shunday holat sodir bo'ldi. Ikkita uchrashuvda bir hil holatlar ro'y beryapti. Ko'p kuch sarfladik. Biroq kamlik qildi. 

- "Nasaf" bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev o'yindan so'ng "Paxtakor" mavsumdagi eng yomon o'yinini o'tkazganini aytgandi. Ular ham xuddi bugungidek ikkinchi bo'limda yaxshi harakat qilishgandi. Sizning bu boradagi fikringiz qanday?

- "Paxtakor" o'z uslubidan kelib chiqib bizga o'yin tizginini ushlashga qo'yib bermadi. Futbolchilarga raqib o'z o'yinini ko'rsatishiga yo'l qo'ymasligimizni aytgandim. Lekin hozir qaynab turgan miya bilan mazkur mavzuda gapirish qiyin. 

- Jamoada penaltini amalga oshiradigan aniq bir futbolchi tanlab olinganmi?

- Bizda Humoyun Murtazoev bor edi. Bugungi o'yindagi vaziyatda penaltini kim tepishi borasida aniq tanlab olingan futbolchi yo'q edi, desam mubolag'a bo'lmaydi. SHahzod SHaymonov penaltilarni yaxshi tepadi. U amalga oshirishi ehtimoli mavjud edi. Lekin Samuel yigitlarga o'ziga ishoayotganligini aytgan. Natijada zarbani ushbu futbolchi yo'lladi. Bor gap shu.


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика