Aleksandr Xomyakov: "Har holda "CHelsi"ga bormasligim aniq"
28 may 2019 18:26
Yangiliklar


Aleksandr Xomyakov: "Har holda "CHelsi"ga bormasligim aniq"
Vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida murabbiy bilan bog'langanimizda quyidagicha javobni oldik. "Ha, men uchun qadrdon bo'lib qolgan "Mashal"dan ketyapman, - deydi Aleksandr Andreevich. - Ishdan bo'shash haqida ariza yozdim va rahbariyatga topshirdim. Tez orada boshqa klubda ish boshlashdan umidvorman".
Rossiyalik murabbiyning keyingi ish joyi qaysi jamoa bo'ladi: "Andijon"mi yo "Buxoro"? Har holda shu ikki klub bosh murabbiy qidirayotganidan xabarimiz bor. Xomyakov qaysi jamoani boshqarasiz degan savolga shunday javob berdi:
"Har holda "CHelsi"ga bormasligim aniq. Murabbiylik faoliyatimni shu erda davom ettirishni xohlayman. Rasman shartnoma tuzganimdan so'ng o'zim birinchi bo'lib Championat.asia saytiga elon qilaman. Ungacha esa sir bo'lib turgani maqul".
O’xshash yangiliklar

Fikrlar