So’nggi yangiliklar

07:30Эрон ОАВси. Сергеев "Персеполис" билан шартнома имзолади  0 03:15Африка кубоги. 1/8 финал. Мали пенальтилар сериясида Тунисни мағлуб этди, Сенегал эса Судан устидан зафар қучди  0 03:03Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди  24 03:00А Серия. "Аталанта" ўз уйида "Рома"ни мағлуб этди  1 02:11Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Иттиҳод" ўз майдонида рақобатчисини мағлуб этди  0 00:26АПЛ. "Арсенал" 5 та гол урилган ўйинда меҳмонда "Борнмут"ни мағлуб этди, Райсдан дубль!  12 23:59А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Лечче"ни мағлуб этолмади  4 23:35Ўзбекистон ва Озарбайжон чемпионлари Анталияда ўзаро ўйнашади  3 23:17БАА чемпионати. "Ал Батаэҳ" ўз майдонида "Дибба"га мағлуб бўлди, ўзбекистонлик икки ўйинчи баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  2 22:30"Астон Вилла" кетма-кет 11 уй ўйинида ғалабага эришди  6 22:12АПЛ. "Вулверхэмптон" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  3 21:49"Қизилқум" 4 футболчиси билан хайрлашди  0 21:25Фарьоли "Челси"га бормаслигини айтди  3 21:02"L’Equipe" йил рамзий термасини эълон қилди  2 20:46"Пахтакор"нинг Туркиядаги илк йиғинидаги рақиблари маълум қилинди  0

Aleksandr Xomyakov: “Bugun mag'lubiyatga loyiq emasdik” Yangiliklar

Aleksandr Xomyakov: “Bugun mag'lubiyatga loyiq emasdik”

“Andijon”-“Navbahor” jamoalari o'rtasidagi uchrashuvdan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- Bugungi uchrashuvga jiddiy tayyorgarlik ko'rgandik. Yigitlarga derbida qanday o'yin namoyish etish kerakligini uqtirgandim, qolaversa, bu haqda ularning o'zlari ham yaxshi bilishardi. Derbi shunday o'yin bo'ladiki, o'yin taqdirini bir yoki ikkita vaziyat hal etib qo'yadi. Jarima maydonchamizdan uzoq bo'lmagan joyda o'yin qoidasini buzdik va gol o'tkazib yubordik. Raqibga g'alaba qozonish uchun birgina imkoniyat kifoya qildi. Bu golni o'tkazib yuborishimiz bizning rejamizda yo'q edi. Afsuski, qaytarib aytaman, derbida o'yin taqdirini birgina vaziyat ham hal qilib qo'yadi. To'g'ri, gol o'tkazib yuborganimizdan keyin o'yin rejamiz buzilib ketdi va ochiq futbol namoyish etishga o'tdik. Bugun omad biz tarafda emasdi. Umuman olganda futbolchilarimga etirozim yo'q. Bugun mag'lubiyatga loyiq o'yin namoyish etmadik. Afsuski, derbiga qattiq tayyorgarlik ko'rgan muxlislarimizni quvontira olmadik. Balki, menga nimadir etishmagandir futbolchilarni bunday derbiga tayyorlashda. SHu o'rinda bizni qo'llab quvvatlab turgan muxlislarimizdan uzr so'ramoqchiman.

- Bugungi mag'lubiyatda kimni aybdor qilib ko'rsatgan bo'lardingiz?

- Kimnidin aybdor qilib ko'rsatish niyatida emasman. Barchamiz yaxshi o'yin namoyish etishga harakat qildik, barchamiz g'alaba qozonishga harakat qildik, barchamiz muxlislarni xursand qilishga harakat qildik, barchamiz ishonchni oqlashga harakat qildik. Hech kimni aybdor qilib ko'rsatmayman.

- Mirniyning vaziyatiga qanday fikr bildirasiz?

- Hozirgi paytda Vitaliy Mirniy jamoamizning to'laqonli azosi, u jamoamizda o'ynamoqda. Matniyozov o'tgan turda ishonchli o'yin namoyish etdi. SHu sababli, bugun Ruslanni asosiy tarkibga qo'ydik. Mirniy o'z ustida ishlamoqda, asosiy tarkibga kirish uchun harakat qilmoqda. Kecha yoshlar birinchiligida qizil kartochka olgandi, shu sababli bugungi o'yinni o'tkazib yuborishga majbur edi. Qaytarib aytaman, u jamoamizning azosi, istalgan paytda asosiy tarkibdan joy olishi mumkin.

- Raqib tarkibida kimning o'yinini alohida ko'rsatgan bo'lardingiz? Kimning o'yini ko'proq yoqdi?

- “Navbahor” tarkibida kuchli futbolchilar bor. SHu sababli, yil boshida ularning oldiga kuchli uchlikka kirish vazifasi qo'yilgandi. Tarkibda mahalliy va legioner yaxshi futbolchilari bor. Agar bugungi o'yindan kelib chiqib kimnidir alohida ko'rsatmoqchi ekanligimni aytayotgan bo'lsangiz, bugun ular bizdan bir bosh ustun harakat qilishmadi, shu bois kimnidir alohida ko'rsatib o'ta olmayman. Bugun tajriba birinchi o'rinda turmadi. Bugun to'p uchun kurashda yutqazdik. O'tgan turda to'p uchun kurashlarni deyarli barchasini yutgandik. Mana shu omillar sababli bugun mag'lubiyatga uchradik. Qolaversa, omad ham bugun mehmonlar tarafida bo'ldi. “Navbahor” ikkinchi davrada bor yo'g'i bitta gol urdi adashmasam, uni ham jarimadan. Bugun ham ularga omad kulib boqdi.

- Nega tarkibda rotaciya qilmayapsiz? “Metallurg” jamoasiga qarshi o'yindagi tarkib bugun ham harakat qildi.
- Taqvimga qarang, biz uchun juda tig'iz. Liga Kubogida o'ynayapmiz, Superligada o'ynayapmiz. To'rtta uchrashuvni safarda o'tkazyapmiz. Ayrim futbolchilarga dam olish uchun imkoniyat berdik. Maydonga kam tushayotgan futbolchilarga Liga Kubogida imkoniyat berdik, ular bizning nazarimizda jismonan baquvvat futbolchilar edi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика