So’nggi yangiliklar

20:24“Манчестер Сити” январда клубни тарк этиши мумкин  0 19:54Футбол юлдузлари Рождество байрамини қандай нишонламоқда?  0 19:20Ҳатто Польша Биринчи лигаси вакили ҳам Балотелли билан шартнома имзолашни хоҳламади  2 18:49Ямаль: "Мен тун ярмида уйғониб, печенье ейиш учун эртароқ ухлайман"  5 18:20ПСЖ "Реал" асосий футболчисига фойдали шартнома таклиф қилишга тайёр  1 17:51"Челси"нинг икки футболчиси сафга қайтди ва "Астон Вилла"га қарши ўйинга тайёр  0 17:22"Манчестер Юнайтед" Семеньо бўйича муваффақиятсизликдан кейин "Лейпциг" юлдузига кўз тикди  3 16:54"Атлетико" Сёрлотни 35-40 млн евро эвазига сотишга тайёр  0 16:26"Андижон"га яна бир тажрибали футболчи келмоқда  21 15:59Расман: Драган Черан — "Андижон" футболчиси!  31 15:40Марокаш Африка Миллатлари Кубогида 1,2 млрд долларгача даромад олиши мумкин  0 15:13Гвардиола "Манчестер Сити"нинг ортиқча вазнли футболчиларини четлаштиради  0 14:45Элдор Шомуродов Туркия Суперлигасининг биринчи давра рамзий жамоасидан жой олди  2 14:22Ғалабасиз мавсум  17 13:54Аҳмедов "Навбаҳор"дан кетди: унинг янги жамоаси маълум  23

Aleksandr Xomyakov: “Bugun bayram... ” Yangiliklar

Aleksandr Xomyakov: “Bugun bayram... ”

O'zbekiston kubogi yarim final bosqichidan o'rin olgan “Andijon” - “Surxon” uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov matbuot anjumanida ishtirok etdi.


O'yin haqida

- Final yo'llanmasi bu juda yoqimli holat. Klub vakillari, rahbariyat, jamoa azolari va qadrdon muxlislarni g'alaba bilan tabriklayman. Bugun bizda bayramona kayfiyat. SHu bois o'yin haqida unchalik ham ko'p gapirmoqchi emasman. Yigitlar uddalashdi, albatta tashakkur aytaman. Biz jamoa bilan tarixiy natija qayd eta oldik.

- Jamoangiz nimaning evaziga g'olib bo'ldi? SHuningdek, raqib jamoaning o'yiniga ham baho bersangiz?

- Raqiblar juda yaxshi o'ynashdi. Ularda ishonch juda yuqori edi. Bilasizmi, “Surxon”da bugun yirik hisobda g'alaba qozonib, finalga chiqish ishtiyoqi sezildi. Biroq, bu futbol. Biz yakkakurashlarda yaxshi ishladik, uzun uzatmalarda faollik ko'rsatdik. SHuningdek, himoyada ham yaxshi turdik. Raqiblar darvozamizga o'yindan tashqari holatda gol kiritishdi. Biz umumiy jamoaviy ahillik evaziga g'olib chiqdik.

- Bektemir Abdumannonov ikkinchi davrada unchalik ham yorqin o'ynamayapti. Bugun zaxiraga olinganida norozilik namoyish etdi. Bu haqida fikringiz?

- Jamoamizda ruhiy krizis ko'zga tashlanayapti. Bitta Bektemirning o'zida shunday vaziyat emas. Superligada ketma-ket 4 ta o'yinda mag'lub bo'ldik. Bu albatta jamoaga tasir ko'rsatadi. Bugungi g'alabamiz oldindagi o'yinlardagi ijobiy natijalar uchun motivaciya va ishonch kayfiyatini yuzaga keltirishidan umid qilamiz.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика