So’nggi yangiliklar

16:20"Навбаҳор"ни икки футболчи тарк этди  0 16:03Ўзбекистон терма жамоаси етакчиларидан яна бири Эронга йўл олмоқда  6 15:49Нега Эрон клублари ёппасига ўзбекистонлик футболчиларни олмоқда? Ҳамма гап ФИФА берадиган пулдами?  3 15:2715 йилдан бери "Реал" шарафини ҳимоя қилган клуб тарбияланувчиси жамоани тарк этади  2 15:01"Лейпциг" 20 млн. еврога 18 ёшли вингер сотиб олди  0 14:31МЮ 2025/26 мавсум учун сафар формасини намойиш этди  0 14:00Мадуэке - "Арсенал" футболчиси  0 13:40Эронлик журналист: Эрон терма жамоаси CAFA мусобақасида легионерларсиз иштирок этади  6 13:32Равшан Ҳайдаров: "Мираброр Усмонов хотира турнири орқали ҳозирги кучимиз ва даражамизни синаб оламиз"  2 13:30"Чуқурроқ кавласанг, бизнинг футболда кўпчиликни қамаш мумкин"  2 12:59ЖЧ-2026 саралаши. Эртага Тимур Кападзе 4-босқичга қуръа ташлайди  16 12:45"Ливерпуль" Исак трансфери амалга ошмаса, 5 нафар номзодларни кўриб чиқмоқда  4 12:30Малайзия CAFA мусобақасида иштирок этмайдиган бўлди. Бунинг сабаби ҳам маълум  22 12:00"Ювентус" Санчо учун 17,3 миллион евро таклиф қилди, МЮ эса кўпроқ сўраяпти  0 11:42Transfermarkt: "Навбаҳор" бразилиялик марказий ҳимоячи билан шартнома тузди  10

Aleksandr Xomyakov: "Beshinchi o'rin bilan cheklanib qolmasligimiz kerak" Yangiliklar

Aleksandr Xomyakov: "Beshinchi o'rin bilan cheklanib qolmasligimiz kerak"

Oliy liganing 25-turidan o'rin olgan "Mashal" - "Nasaf" (1:1) uchrashuvidan so'ng, matbuot anjumani tashkil etildi. Uning ikkinchi qismida mezbonlar ustozi Aleksandr Xomyakov ishtirok etdi.
"Avvalo barcha muxlislarni, jurnalistlarni bugungi yubiley bilan tabriklab qolaman. Bugun g'alaba qozona olmaganimizdan biroz xafaman. Lekin raqib kuchli edi. So'nggi daqiqalarda gol urib hisobni tenglashtirganimizdan xursandman. "Nasaf" menimcha bugun muddatdan oldin bronza medalini qo'lga kiritdi. Bayramona kayfiyatni saqlab qolganimizdan mamnunman", - deb gap boshladi Xomyakov.

- "Andijon" va "Mashal" bu yil birinchi ligadan chiqishdi. Biri yana birinchi ligaga tushib ketdi, ikkinchisi esa beshinchi o'rinda... Buning siri nimada?

- Buni bir ikki og'iz gap bilan ifodalab bera olmayman. Buni o'tgan yildan boshlganmiz. Barcha yigitlarni bir jamoa bo'lishlariga intildik. Bu muhim faktorlardan biri sanaladi.

- "Mashal" mavsum boshida ko'p yangi futbolchilarni sotib olmay turib ham beshinchi o'rinni qo'lga kiritdi. Qaysi futbolchilar sizning umidingizni oqlashdi.
- Oliy ligaga chiqqanimizda rejamizda darhol bu ligada o'ynab keta oladigan jamoa tuzish edi. Tarkibimizga bir ikkita tajribali futbolchilarni qo'shib olgandik. Ammo asosiy urg'uni o'zimizning yigitlarga qaratdik. Har bir futbolchimiz rivojlanishdan to'xtab qolmasligimiz kerak. Beshinchi o'rin eng yuqori o'rin emas, eng oliy o'rin bu birinchi!

Islombek Rustambekov yozib oldi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика