So’nggi yangiliklar

15:02"Металлург" катта футболга қайтиш арафасида  1 14:41Бугунги ўйинлар: "Арсенал" — "Ливерпуль", Франция Суперкубоги ва бошқалар  0 14:19"Сурхон" Февзи Давлетов ва Алексей Николаев билан ҳамкорлик якунланганини эълон қилди  3 14:00Балотелли фаолиятини БААда давом эттиради  0 13:32"Андижон" ҳужумчиси Озарбайжонга йўл олди  1 13:05"Локомотив" Чехия Кубоги финалчиси билан ўйнайди  1 12:38Расман: Шерзод Эсанов "Бухоро" футболчисига айланди  8 12:20МТЖ 5 майдан йиғин ўтказади ва Суперлиганинг етакчи клубларига қарши ўртоқлик ўйинларида қатнашади  2 11:58​"Пахтакор" Риаскос, Абдихолиқов ва яна 4 нафар футболчи билан хайрлашганини маълум қилди  10 11:35"Навбаҳор"га РПЛда ўйнаётган ҳимоячи келмоқда  12 11:08Расман: Дмитрий Плетнёв — "Бунёдкор" футболчиси!  3 10:44"Навбаҳор" футболчиси "Қўқон-1912" ўтиши мумкин  1 10:18Санжар Қувватов: "Пахтакор"дан таклиф тушганида ўйлаб ҳам ўтирмадим"  7 09:52“Андижон” Анталияда 10 та ўртоқлик учрашувида қатнашади  8 09:25"Истанбул Башакшеҳир" футболчиси Шомуродов ва Файзуллаевнинг ўйинига юқори баҳо берди  6

Aleksandr Xomyakov: "Balki meni qo'yib yuborarsizlar. Biz g'alabani nishonlay qolaylik" Yangiliklar

Aleksandr Xomyakov: "Balki meni qo'yib yuborarsizlar. Biz g'alabani nishonlay qolaylik"

Superliganing 5-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Andijon" (2:3) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"G'alaba qozonganimizdan juda ham xursandman. Bunga ortiqcha tarif shart emas. O'yin men kutgandek rivoj oldi, yaxshiyamki futbolchilarimiz xarakter namoyish etishdi. Barcha rejalarimiz amalga oshdi deya olmayman, ammo futbolchilarim oldida shlyapamni echaman. Yigitlar jasorat ko'rsatishdi. Barchani g'alaba bilan tabriklayman", - deya fikr bildirdi Aleksandr Xomyakov bugungi bahs haqida.

- "Andijon" o'z tarixida ilk marotaba safarda "Paxtakor"ni mag'lub etdi. Biroq jamoaning himoya chizig'ida muammolar kuzatilayotgandek. "Mashal"ga qarshi kechgan o'yinning ikkinchi bo'limida ham jamoa sust o'yin namoyish etgan edi..

- Ayrim bir vaziyatlarda jamoam oqsamoqda. Biz o'yin davomida etakchilik qilishni rejalashtirmagan edik. Biz o'zimizga mos o'yin ritmini ushlay olishimiz kerak. Bizga kerakli o'yin ritmi raqibga noqulayliklar tug'diradi. Biz ko'proq himoyaga tayanib, qarshi hujumlarda o'z imkoniyatlarimizni izlaymiz. Tabiiyki, barchasi biz kutganidan alo darajada chiqmadi. Bugun hujumda yaxshi o'ynadik, jami uchta gol urdik va ikkitasi standart vaziyatdan. Muammolar bor, ammo bugun ularni bartaraf eta oldik, deb o'ylayman.

- "Paxtakor" maydoniga safar qilayotgan jamoalar ko'pincha himoyaviy uslubni tanlashadi. Bugun "Andijon" himoyaga tayangan holda uchta gol urishga muvofiq bo'ldi. Bunga sabab, siz jamoadagi futbolchilarning imkoniyatlaridan maksimal foydalanayotganingizni yoki bunga boshqa bir sabab bormi?

- Biz o'yin boshidanoq past blok qo'llasak, qiynalib qolishimiz aniq edi. Shu sababli dastlabki 15 daqiqada sal yuqoriroqda harakatlandik va agressivroq o'ynashga intildik. Tabiiyki, imkoniyatlarimiz to'liq o'yin davomida bunday o'ynashga etmaydi. Ayrim bir vaziyatlarda raqib bizni himoyalanishga majbur qildi. Tayanch yarim himoyachilarimizning maydondagi harakatlaridan kelib chiqib, uch nafar markaziy himoyachi bilan o'ynashni boshladik. Katta sir yo'q, barchasi mantiqiy va oddiy.

- "Mashal"ga qarshi o'yindan so'ng jamoangiz mavsumda ilk marotaba g'alaba qozonganiga qaramay, o'yin sifatidan umuman qoniqmadim degan edingiz. "Andijon" bugun ham g'alaba qozondi. Bugungi uchrashuvda o'yin sifati "Mashal"ga qarshi kechgan o'yindan yaxshiroq bo'ldimi? Jamoangiz namoyish etayotgan o'yin biroz bo'lsa ham yaxshilandimi?

- Qiziq savol. Bosh murabbiy sifatida menda ikki xil taassurot uyg'onmoqda. Bir tomondan natija muhim, ayniqsa murabbiyga, boshqa tomondan esa, futbol muxlislar uchun va muxlislarga chiroyli o'yin kerak. Agar muxlislarga natija kerak bo'lganida, ular 90-daqiqada stadionga kelib, natijani bilib olishar edi. Jamoamiz qurilishda davom etmoqda. Oldinda bizni Chempionlar ligasi kutib turibdi. Bosh murabbiy sifatida men tezroq kuchayishimizni istayman. Umuman olganda, jamoamiz sekin-astalik bilan shakllanib bormoqda. Yosh bola ham darrov yurib ketmaydi-ku. Bolakay dastlab ota-onasining ortidan emaklaydi, keyin esa qadam tashlashni o'rganadi. Bizda ham shunday holat. Barchasi sekinlik bilan bo'ladi. O'yin sifati yaxshilanishi kerak, ammo natija ham juda zarur. Balki meni qo'yib yubora olasizlar. Biz g'alabani nishonlay qolaylik. Quyinglar deyishadi-ku(kuladi).



Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика