Aleksandr Volkov “SHo'rtan”dan “qochib ketdi”
24 jan 2016 10:39
Yangiliklar


Aleksandr Volkov “SHo'rtan”dan “qochib ketdi”
Yangi mavsumdan “SHo'rtan” jamoasini boshqarishi kutilayotgan Aleksandr Volkov klubni tark etdi.
Yaqin manbalarning malum qilishicha, Toshkentning Oliy ligaga yo'llanma olgan jamoasi “Obod”ga qarshi uchrashuvdan so'ng “oq bo'rilar” murabbiyi Volkov ko'rinmay qolgan.
O'rtoqlik uchrashuvidagi mag'lubiyat(2:4) murabbiyning ketishiga sabab bo'lgan bo'lishi mumkin. Bir oz oldinroq Volkov o'zi istagan futbolchilarni klubga olib kelishi bo'yicha muammolarga uchrayotganligi haqida eshitgandik.
Eslatib o'tamiz, Aleksandr Volkov klub rasmiy saytiga bergan intervyusida “SHo'rtan”ga besh yil deganda etishganligini malum qilgandi.
Tasdiqlanmagan malumotlarga ko'ra murabbiy faoliyatini vodiy klublaridan birida davom ettirmoqchi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar