Aleksandr Volkov "Sho'rtan" - bosh murabbiyi

Narzulla Saydullayev
7 yanv 2016, 19:15
G'uzorning "Sho'rtan" klubi yangi bosh murabbiyga ega bo'ldi.

“Bunyodkor” va "Navbahor" klublarida, O'zbekiston milliy terma jamoasida faoliyat olib borgan Aleksandr Volkov "Sho'rtan" jamoasida bosh murabbiy bo'lib ishlaydi. Volkov va "Sho'rtan” klubi bosh direktori Obloyor Rasulov kelishuvga erishishgan. 

Aleksandr Volkov 9 yanvar kuni G'uzorga yetib boradi va shu kuni murabbiy futbolchilarga tanishtiriladi. 

Eslatib o'tamiz, bunga qadar "Sho'rtan"da Muxtor Qurbonov bosh murabbiy sifatida ishlab kelayotgan edi. 

“Sho'rtan” matbuot xizmati 

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia