So’nggi yangiliklar

14:14Футзал афсонаси Рикардиньо Португалия терма жамоасининг мағлубиятига муносабат билдирди  2 13:45Португалия футзал термаси аъзоси Тиаго Брито: "Спортда ҳар доим ҳам кўпроқ ҳужум уюштирганлар ғалаба қозонавермайди"  0 13:22Жорже Браз: "Португалия футзалчилари спортчи бўлиш нимани англатишини кўрсатишда давом этаётгани фахр туйғусини бахш этади"  0 12:57Қозоғистон термаси футзалчиси Даурен Турсагулов: "Португалия термаси устидан қозонилган ғалабани қозоқ халқига бағишлаймиз"  2 12:36ПСЖ собиқ футболчиси Кипр чемпионатига ўтади  1 12:14ОАВ учун финалолди расмий тадбирлар ҳамда аккредитациялаш режаси тақдим этилди  1 11:50Қозоғистон термаси футзалчиси Арнольд Кнауб: "Португалия билан баҳс ҳақиқий жангга айланиб кетди"  2 11:232025 йилги клублар ўртасидаги ЖЧ ўтказилмаслиги мумкин  3 10:55Маурицио Сарри АПЛга қайтиши мумкин  0 10:21ПСЖ бош мураббийи ғалати сабаб билан ойлигининг ярмидан воз кечишга тайёр  1 09:40Эрик тен Хаг МЮнинг асосий муаммоси ҳақида фикр билдирди  2 08:57«Фенербахче»нинг собиқ футболчини отиб кетишди  9 08:20Суперлига. Бугун яна иккита учрашув бўлиб ўтади  20 08:00Футзал бўйича ЖЧ 1/8 финал. Эрон сўнгги сонияларда пенальтидан гол ура олмади, Қозоғистон мусобақа фаворитини мағлуб этди  0 07:42U-20 Осиё кубоги саралаш босқичи. Ўзбекистон бугун Хитой Тайпейи билан ўйнайди  1

Aleksandr Volkov: "Keyingi 20ta turda hammasi boshqacha bo'lishi kerak" Yangiliklar

Aleksandr Volkov: "Keyingi 20ta turda hammasi boshqacha bo'lishi kerak"

Kecha "Navbahor" uch kunlik tatildan so'ng mashg'ulotlarini boshlab yubordi.

Namangandagi bolalar turniri munosabati bilan vodiyga tashrif buyurgan ijodkorlarimiz, jamoaning mashg'ulotidan reportaj tayyorladilar. 

Keling, avval jamoa bosh murabbiyi Aleksandr Volkov bilan bo'lib o'tgan suhbatni etiboringizga taqdim etsak.


30 daqiqa davomida jamoasi bilan ishlab, yordamchilariga ko'rsatma bergan mutaxassis "CA" uchun vaqt ajratdi.

- Aleksandr Gennadevich, chempionatning roppa-rosa uchdan biri ortda qoldi. 10ta turga xulosangiz va echilishi lozim bo'lgan muammolar haqida aytib bersangiz. Ko'ryapmiz, boshqa jamoalarga qaraganda ancha erta tayyogarlik boshlanibdi...

- SHunday qilmasak ham bo'lmasdi, oldimizda "Nasaf"ga qarshi jiddiy o'yin kutib turibdi. Dam olib yotishdan foyda yo'q, qilinishi kerak bo'lgan ishlar ko'p. Bunga esa har doim vaqt etavermaydi. SHuning uchun bugundanoq mashg'ulotlarni boshladik. 4 kun davomida jismoniy tayyorgarlikka etibor beramiz va shundan keyin bir kun dam olgan holda taktik holat bo'yicha teoriya o'tkazamiz. Qolaversa, "Bunyodkor" bilan o'yinimiz ham Namangaga ko'chirildi. Ketma-ket to'rtta uchrashuvni Namanganda o'tkazamiz. Bu uchrashuvlar davomida imkon qadar ko'proq ochko ishlab olishimiz kerak. 

- SHundan keyin "Navbahor" "Qizilqum"ga boradi, bu raqib ham kuchsiz emas.

- 10ta tur ortda qolganini hisobga oladigan bo'lsak, ochkolarimiz kam. SHuning uchun Namangandagi o'yinlarni yuqorida bejizga takidlamadim. Imkon qadar maksimal ochko to'plashimiz kerak. Jismoniy tayyorgarlikka etibor qaratayotganimning sababi, keyingi oyda har to'rt kunda futbol o'ynashga to'g'ri kelishi mumkin. Yigirma kun ichida 5ta tur uchrashuvini o'tkazish juda qiyin.


- Ortda qolgan 10 tur bo'yicha xulosangiz?

- "Qo'qon-1912" bilan Kubok o'yini va so'nggi "Buxoro"ga qarshi kechgan o'yinlarimizdan kelib chiqib xulosa qiladigan bo'lsak, mana endi jamoa o'ziga kelyapti. O'yin chiqishni boshladi. Bazi yigitlarning maydondagi joyini almashtirdik. Bu ularning ham ruhiy holatiga tasir qila boshladi shekili, o'ynash ishtiyoqi oshdi. 

- Mana ko'rib turibmiz-ki, jamoadagi muhit yomon emas, lekin nima uchun o'yin chiqmadi?

- Buni aniq bir sabab bilan izohlab bo'lmaydi. Ishlashda davom etish kerak xolos. Joriy yil jamoada 18 nafar yangi futbolchi kelib qo'shilgan, bu ham vaqt talab etilishi kerak bo'lgan jihat. 

- Jamoadagi qaysi futbolchi o'zgarishga erisha oldi deb o'ylaysiz?

- Bahritdinovdan ko'p narsa kutyapman. Sardor Azimov o'rinbosarlar safidan chiqqani bois bir tekis o'ynay olmayapti. Ammo undan umidim katta, faqat oliy ligadagi bosimga chidab, mashg'ulotlarda jiddiy ishlasa bo'lgani. Yoki Alievni olaylik, bu yildan ko'proq o'ynashni boshladi. Ularni markazda Dilshod qo'llayapti, bu biz uchun o'ta muhim. 

- Jabborov jamoaning tajribali futbolchisi, u siz kutgan o'yinni ko'rsata olayaptimi?

- Nafaqat Dilshod, balki Xayrulla Karimovning ham yordamini aytib o'tishim kerak. Karimov nafaqat maydonda, balki uning ortida ham men uchun eng katta yordamchi. 

- Karimov ikki o'yinga diskvalifikaciya qilindi va bu jamoa uchun katta yo'qotish. Uning o'rniga kimni mo'ljallayapsiz?

- Dilshod Jabborovni biroz orqaroqqa qo'ygan edik, o'yini o'xshadi. Undan tashqari markaziy himoyada raqobat bor. Jabborovning o'rniga esa Pavlenko harakat qiladi.


Nodirxo'ja Yuldashev suhbatlashdi.

Foto: Jasur Aslanov.


Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика