So’nggi yangiliklar

01:54А Серия. Чемпионлик учун курашаётган "Интер" ва "Наполи" сўнгги тур олдидан дуранг ўйнади, "Рома" ва "Ювентус"да ғалаба  28 01:06"Барселона" футболчиси клубдан кетишга яқин  5 00:20Ла Лига. "Атлетико"дан йирик ғалаба, "Реал" тўққиз киши бўлиб қолган "Севилья"ни мағлуб этди, "Барселона" эса ўз уйида "Вильярреал"га мағлуб бўлди  42 00:13Илёс Зейтуллаев: "Бугун футбол ўйнадикми?"  12 00:00Григорий Колосовский: "Иккинчи голдан кейин ташаббусни рақибга топшириб қўйдик"  1 23:40Асрор Алиқулов: "Бугун йигитларда характер етишмади"  1 23:32Гильерме Гедеш: "Ғалаба туғилган кунимга кутилмаган совға бўлди"  0 23:21Шоҳмалик Комилов: "Жорий мавсум Суперлигада бирор жамоа ажралиб тургани йўқ"  1 23:10Суперлига. "Пахтакор" Навоийдан йирик ҳисобдаги ғалаба билан қайтмоқда  80 23:07Алишер Одилов: "Машғулотлардан кейин "Тривела" услубида алоҳида шуғулланамиз"  2 23:05Туркия Суперлигаси. Алиқулов жамоаси иштирокидаги ўйинда 9 та гол урилди, "Сивасспор" эса меҳмонда мағлуб бўлди  0 22:57Ҳаким Фузайлов: "Урганчдаги стадионда битта камчилик қолди холос"  2 22:41Руслан Жиянов: "Гол уриш яхши, бу голлар жамоага фойда келтирса, ундан ҳам яхши"  1 22:30АПЛ. "Арсенал" Райснинг голи туфали "Ньюкасл"ни мағлуб этди  4 22:20Мирко Еличич: "Мен ишлаган "Локомотив" билан ҳозиргисининг фарқи жуда катта"   0

Aleksandr Volkov: "Boshqalarga "Navbahor"ning o'yini yoqmasligi mumkin, lekin menga yoqadi" Yangiliklar

Aleksandr Volkov: "Boshqalarga "Navbahor"ning o'yini yoqmasligi mumkin, lekin menga yoqadi"

"Paxtakor" - "Navbahor" (3:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Aleksandr Volkov o'z fikrlarini bildirdi.

"Umuman olganda yigitlar bugun berilgan ko'rsatmalarni xatto penaltidan so'ng ham to'g'ri bajarishdi. Tanaffusda bazi taktik o'zgarishlarni amalga oshirdik. Ikkinchi bo'limni faol boshladik. Futbolchilar ko'rsatmalarni to'g'ri bajarishgani menga manzur bo'ldi. Kutilmagan ikkinchi goldan so'ng afsuski o'yinimizga salbiy tasir o'tkazdi. Uchinchi gol urilgach esa o'yinni hech bo'lmaganda durang bilan yakunlash uchun ishonch so'ndi. Gap natijada emas. Bizdagi muammo oxirigacha kurashmaslikdan iborat. SHuni engishimiz kerak. SHogirdlarimga jiddiy etirozim yo'q.

Standart vaziyatlarga tayyorgarlik jarayonida katta etibor beramiz albatta. Ammo ko'rganingizdek “Paxtakor” futbolchilari bo'ydor. SHunga jarima to'plaridan unumli foydalan olmadik. “Paxtakor” Osiyo chempionlar ligasida o'ynaydi, ular amaldagi O'zbekiston chempionlari. Ular tezroq va kuchliroq bo'lishlari shart. “Navbahor” o'yinchilari bazi vaziyatlarda kurashni boy berishganini to'g'ri tushunsa bo'ladi. Lekin ikkinchi golga qadar “Paxtakor”dan qolishmadik. Avtogol esa uchrashuvni keskin o'zgartirib yubordi.

Menga “Navbahor”ning o'yini xush kelmoqda. Boshqalarga bizning o'yin yoqmasligi mumkin. Misol uchun palovning o'ttiz xil turi mavjud. Barchaga bir xil manzur kelib bo'lmaydi. Bugun hech qanday baxona qilmoqchi emasman. O'ynashni to'xtatganimiz yagona muammo bo'ldi, xolos. Uchinchi goldan so'ng o'yinimizdan qoniqmadim.

Bugun ikki asosiy hujumchilarimiz Pishur va Rajabov kasalligi tufayli Abbosovni noilojlikdan tushirdim. Hujumni yakunlashda keskinlik bizda bo'lmadi. O'z yo'nalishim bo'yicha jamoa bilan maksimal darajada ishlashda davom etaman. Meni istefoga chiqarishlaridan qo'rqmayman. CHunki ertami yoki kechmi meni ham ishdan baribir olishadi. Barcha klubda bu xolat bir kun kelib kuzatiladi. Uch oydan keyinmi yoki uch yildan so'ng, baribir murabbiyni bo'shatishadi. Bizning ishimiz shunaqa. “Navbahor” – futbol jamoasi. Futbol - mening xayotim. Qanday darajada futbolchini shug'ullantirishning axamiyati yo'q. Asosiysi shogirdlarni ko'zlarida olov bo'lishi lozim, - deydi Volkov. 

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика