So’nggi yangiliklar

00:47Мбаппе "Реал"да 10-рақамнинг янги эгасига айланди  1 00:01Расман: "Манчестер Сити" "Бёрнли"дан дарвозабон сотиб олди  2 23:40"Челси" Кукурельяга янги шартнома таклиф қилади  0 23:17Луис Диас қачон "Бавария" футболчиси сифатида таништирилиши маълум бўлди  1 22:52Расман: "Насаф" нигериялик футболчи билан шартнома имзолади  4 22:40Турғунбоев "Пахтакор"да қайси рақамни танлади?  4 22:15Расман: "Навбаҳор" бразилиялик футболчи билан шартнома имзолади  9 22:10Расман: "Насаф" албаниялик ҳужумкор ярим ҳимоячи билан шартнома имзолади  8 22:05Расман: "Андижон" Токотаевни ўз сафига қўшиб олди  8 21:38"Навбаҳор" Суперлиганинг биринчи даврасини "Нефтчи"да ўтказган икки ўйинчи билан шартнома имзолади  8 21:15"Интер" Лукман учун таклиф қилган таклиф "Аталанта"га ёқмади  0 20:50Жанлуижжи Доннарумма чиндан ҳам ПСЖдан кетиши мумкин – ҳаттоки ЕЧЛдаги ғалабадан кейин ҳам  5 20:31Расман: Шаҳзод Тоиров — ОКМК футболчиси!  1 20:25"Наполи" "Ливерпуль" футболчисини ижарага олмоқчи  0 19:59Тоттининг ўғли босим туфайли футболдан кетди  2

Aleksandr Stoymirovich: "Yigitlar namoz o'qib olishlari uchun eshikni ochmadim" Yangiliklar

Aleksandr Stoymirovich: "Yigitlar namoz o'qib olishlari uchun eshikni ochmadim"

Superliganing 4-turi doirasida "Qizilqum"ga qarshi o'yindan keyin "Lokomotiv" katta murabbiyi Aleksandr Stoymirovich matbuot anjumanida qatnashdi.

- O'yin haqida

- Eng avvalo aytishim kerakki, chempionat doirasida uch o'yindan keyin tanaffusni o'tkazib, uzoq yo'lga chiqdik. SHu sababli bo'lsa kerak, o'zimiz istagan 3+2 taktikasida o'ynay olmadik. Bazida raqiblar bizga tezroq o'yin ko'rsatishga imkoniyat berdi. Ikkinchi bo'limda esa o'yingacha bo'lgan davrda kelishgan, ustida ishlagan narsalarimizni ko'rsata oldik. Ikkinchi bo'limda o'yinni to'laqonli nazorat qilib turdik. Raqiblar himoyada to'p bilan yaxshi muomala qila oldi va biz ularga oldinga o'tishiga imkoniyat bermadik. Raqiblar 90 daqiqa mobaynida darvozamizga faqatgina bir marta zarba bera oldi holos. So'nggi daqiqalardagi vaziyat golga aylanmagani biroz achinarli bo'ldi. Biroq bu futbol, shunaqasi bo'lib turadi. "Qizilqum" yaxshi futbolchilardan tuzilgan yaxshi jamoa. Ular ko'plab raqiblarga boshog'riq bo'lishi aniq. Raqiblar to'g'ri o'yin ko'rsatdi, biz barchasiga tayyor turgandik. Yaxshi o'yin bo'ldi. Murabbiylar bu o'yindan zavqlanib, nimalarni o'zgartirish kerakligini o'ylab ham qoladi. Biroz afsuslandik. Lekin yana bir bor gol o'tkazib yubormaganimizdan xursandmiz. To'rtinchi turga kelib ham mag'lub bo'lmadik. Oldinda "Andijon"ga qarshi o'yinga tayyorgarlikni boshlaymiz. Ertaga jamoaga dam beramiz va keyin 3 kun davomida uy o'yinimizga tayyorlanamiz.

- "Lokomotiv" bu mavsumda bor etiborini kubokka qaratganmi yoki chempionatga?

- Bir narsani aytmoqchiman. Biz hali yangi jamoamiz. Taxlil qilib ko'rsangiz, biz bilan yuqori ligaga qaytgan "Dinamo" tarkibning o'zagini saqlab qolgan. Biz esa tarkibga 15 futbolchini jalb qildik va ularning barchasi asosiy tarkib futbolchilari hisoblanadi. SHu sababli vaqt kerak. O'ynashda davom etamiz, ambiciyalarimiz yuqori. Kubokda ham katta maqsad qo'yganmiz, bizga yaxshi qura tushdi, hatto "Qizilqum" ham maydonimizga tashrif buyuradi. CHempionat o'yinlaridan keyin "Qizilqum" bizning maydonimizda o'ynashni istadi. Barcha raqiblarga tayyor bo'lamiz va har bir uchrashuvda g'alaba uchun o'ynaymiz.

- O'tgan turda sizga jarima qo'llandi. Bu holatga qanday munosabatdasiz?

- Ha, bilaman. Yigitlar namoz o'qib olishgani uchun eshikni ocha olmadik. Buni qattiq hurmat qilaman. CHunki ro'za va namozni mashg'ulotlarda ham hisobga olib qo'yaman. Meni jarimaga solgan odam bilan ko'rishmadim va suhbatlashmadim ham. Bunaqasi ham bo'lib turadi. Vaziyatni shunday tushuntiraman, lekin hech qanday bahona qilmayman. Borini aytdim.

- Matbuot anjumanlarida "Nasaf" va "Lokomotiv"ning o'yin uslubi o'xshashligini aytgansiz. Lekin bugun jamoangizning o'yini chiqmadi. "Nasaf" esa g'alaba qozongandi.

- Sxema bir xil. Lekin taktika va strategiya ikki xil. "Nasaf" o'z maydonida o'ynadi va vaqtida gol urib oldi. Agarda yodingizda bo'lsa, "Nasaf" o'sha kuni bir qancha gollar o'tkazib yuborishi mumkin edi. Yana bir bor qaytaraman, "Qizilqum" individual kuchli futbolchilardan tashkil topgan. Ular uyda ham safarda ham istalgan raqibga muammolar keltirib chiqara olishadi. Bizni "Nasaf"ga qiyoslashayotgani yaxshi, lekin sxemalar boshqa-boshqa. Bu erda tarkiblar, ijrochilar va yo'nalish turlicha. 

- Jahon chempionatidan keyin Lazizbek Mirzaevning "Lokomotiv"da o'zini ko'rsata olishini aytishgandi. Lekin unga kam o'yin amaliyoti berilmoqda. Bunga sabab nimada?

- Laziz Mirzaev juda iqtidorli yigit. Lekin barchasini o'z vaqtida qilish kerak, o'ylamasdan, reja qilmasdan ish qilib bo'lmaydi. Hammasining o'z vaqti bor, u harakat qilmoqda. Qachonki u butunlay tayyor bo'lsa, o'yinga tushadi. Barchaga imkoniyat beriladi, hali mavsum uzoq davom etadi.

Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика