So’nggi yangiliklar

17:35Ўзбекистон кубоги. “Локомотив” – “Қизилқум” (матнли трансляция)  0 17:28Титулдан сўнг: А Серия 34-тур превьюси, Шомуродов собиқ жамоасига гол урадими?  0 16:43"Where is Saudi Arabia?". Ўзбекистон - Саудия Арабистони ўйинидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  8 16:30"Олмипик Мобиуз" - "Зомин" (онлайн натижа)  0 16:25Жасурбек Жалолиддинов: "Бугун майдонда қўрққан жамоа ютқазди"  3 15:42"Вест Хэм" - "Ливерпуль". Салоҳ, Нуньез ва Собослаи захирада  0 15:34U23 Осиё Кубоги ярим финалида ўзбекистонлик мутахассис ишлайди  3 15:25Ўзбекистон кубоги. “Локомотив” – “Қизилқум”. Асосий таркиблар маълум  1 15:23Индонезия - Ўзбекистон баҳсини ким бошқаради?  25 14:55Умарали Раҳмоналиев: "Рақибнинг провокацияларига тайёр эдик"  3 14:52Альфонсо Дэвиснинг "Реал"га трансфери боши берк кўчага кириб қолди  4 14:30Карло Анчелотти: "ЛаЛига ғолиби бўлишимизга 4 очко қолди"  14 14:15Тарихий натижа қайд этган Тожикистон футзал терма жамоасига каттагина мукофот пули берилади  5 13:35ВАР «отмен». Европанинг илк чемпионати юқори технологиядан воз кечди  25 13:07«Байер» юлдузи Флориан Вирцнинг келажаги маълум  4

Aleksandr Stoymirovich - "Lokomotiv" taklifi, jarohatlar, ko'p jamoa almashtirishi va yangi klubida kimlar yordam berishi haqida Yangiliklar

Aleksandr Stoymirovich - "Lokomotiv" taklifi, jarohatlar, ko'p jamoa almashtirishi va yangi klubida kimlar yordam berishi haqida

Bu yil Superligaga qaytgan "Lokomotiv" yangi mavsumda o'z oldiga jiddiy maqsadlarni qo'ymoqda.

Jamoa tarkibi kuchaytirilishdan tashqari murabbiylar shtabi ham yangicha ko'rinish olmoqda. Avval xabar berganimizdek, "temiryo'lchilar"ni serbiyalik mutaxassis Aleksandr Stoymirovich qabul qilib oladi. "Lokomotiv" Stoymirovich uchun O'zbekistondagi to'rtinchi jamoa bo'ladi. 

- O'zbekistondagi 3ta jamoa bilan 3 xil natija. Mavsum hali yakuniga etmadi va OKMKda medallar uchun imkoniyat bor. Umuman Olmaliqdagi birinchi mavsum avvalgilaridan farq qildimi?
- Yana bir mavsum deyarli yakuniga etay deb qoldi. O'zbekistondagi uchinchi mavsumim. Har holda engil o'tgani yo'q. O'zbekiston kubogi finaliga qadar etib bordik. Jarohatlar, natijalarga kelsak, jamoa 3ta musobaqada o'ynashga istaymizmi yoki yo'q qiynaldi. OCHLda ham oson bo'lmayapti. Futbolda bunday vaziyatlar bo'lib turadi va tabiiy qarash kerak. Superliganing so'nggi turidan so'ng mavsum muvaffaqiyatli yoki aksincha o'tgani haqida to'liq xulosa qilish mumkin.

- Har mavsumda jamoa almashtirayotganingiz nimaning belgisi?
- Bunga sabab o'zimga bo'lgan yangi chaqiruv, deb bilaman. Men bir joyda ko'p ishlasam o'sishdan to'xtab qolaman. Inson o'z ishidan qoniqsa, rivojlanmaydi. Mening o'z maqsadim bor va bu borada harakat qilyapman.

- Mavsum oxiriga kelib OKMK va boshqa jamoalarda jarohatlar, jismoniy holatdagi kamchiliklar yuzaga chiqa boshladi. Bu jarayonni mavsumga to'g'ri taqsimlamaslikdanmi?
- Boshqa jamoalarda nima bo'layotganini gapirishni istamayman. CHunki boshqa jamoa murabbiyiga bu haqida fikr bildirish noto'g'ri. Ularda bunga masul javobgar shaxslar bor. Bu muammoni chuqur o'rganib chiqish kerak. Jarohatlar haqida instruktor sifatida o'qitish davomida ko'p gapirib kelaman.

 

- Sizningcha jismoniy yuklamani qanday va qaysi paytda berish kerak? Kamaytirish yoki qo'shish jarayoni qanday? Superligada qaysi jamoa bu taraflama yaxshi taassurot qoldirdi?
- Har bir jamoada o'zining shtabi bo'ladi va bosh murabbiyi bor. Ular maqsad qo'yadi va shu yo'lda harakat qilishadi. Mashg'ulotlar jarayoni ishlab chiqiladi. "Surxon" jamoasi jismoniy tomonlama menga yoqdi. Bu futbolchilarning genetik, fizik, specifik holatiga bog'liq. O'zbek futboliga katta tezlik etishmaydi. Sprintirlik sifatlar kamlik qiladi. Sprint  yugurish muhim. Har bir futbolchi o'z poziciyasida qancha masofa bosib o'tganligi kabi faktorlar bor. Bu jarayonni ham tahlil qilish lozim.

- "Lokomotiv"da endi boshqa funkciyada ishlaysiz yani bosh murabbiy lavozimida.
- Klub bilan shartnoma imzolashga yaqin turibman. Ammo hali yuz foiz aniq emas.

- Atrofingizga qanday mutaxassislarni jamlashni rejalashtirgansiz?
- Jamoaga kelsam serbiyalik yordamchim bo'ladi. Qolgan murabbiylar o'zbeklar. Lekin hech narsa aniq bo'lgani yo'q.

- Malumki, Superligada murabbiydan Pro licenziyasi talab qilinadi. Sizda bu borada muammo bo'lmaydimi?
- Menda Pro licenziyasi bilan muammo yo'q. Albatta, Pro licenziyasini olaman.


Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика