Aleksandr Sobolev: "Afsuski, o'z imkoniyatlarimdan foydalana olmadim"
21 noy 2022 12:09
Yangiliklar
Aleksandr Sobolev: "Afsuski, o'z imkoniyatlarimdan foydalana olmadim"
O'zbekiston – Rossiya (0:0) uchrashuvidan so'ng rossiyaliklar hujumchisi Aleksandr Sobolev fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Yaxshi o'ynadik. G'alaba qozonishimiz kerak edi. 3-4 ta vaziyatni golga aylantira olmadim. Yomon o'yin bo'lmadi.
CHalqancha zarba? Men ilgari shunday gol urganman. Afsuski, o'z imkoniyatlarimdan foydalana olmadim.
Maydon sifatidan qati nazar maydonda o'zimni ayamayman.
Bundan keyin qaysi termaga qarshi o'ynashimiz muhim emas. Asosiysi, shunchaki o'ynash. Kim bilan ekanligi muhim ahamiyat kasb etmaydi.
Raqiblar darajasi? Bu yaxshi yoki yo'qligini ayta olmayman. Hozir natijalarga unchalik ham etibor qaratmayapmiz. Umuman olganda, bu yaxshi jamoa", – dedi hujumchi.
Abdulvosit Bektemirov suhbatlashdi
Fikrlar