Aleksandr Pishur: "O'zbekiston xalqi terma jamoani Braziliyada ko'rmoqchi"
15 iyu 2013 14:33
Yangiliklar
Aleksandr Pishur: "O'zbekiston xalqi terma jamoani Braziliyada ko'rmoqchi"
Qishda “Bunyodkor” safiga qo'shilgan tajribali hujumchi Aleksandr Pishur football.ua sayti muxbiri Artur Valerkoga intervyu berdi. Ushbu intervyuning asosiy qismini o'zbek tilida taqdim etamiz.
– Aleksandr, O'zbekistondagi dastlabki yarim yilda CHempionatdagi 13ta o'yinda 12ta gol, yana mamlakat kubogidagi bitta gol va uchta OCHLda urilgan gollar bilan tugatdingiz. Bunday natijani kutganmidingiz?
– O'z oldimga faqat maksimal natijalarni qo'yaman. Aniq bitta raqamni ayta olmayman, ammo imkon qadar ko'proq gol urishimni kutgandim.
– Sizga qishga Ukrainaning turli ligalardan va chet el klublaridan takliflar borligi haqida xabarlar chiqqandi. Nima uchun aynan O'zbekistonni tanladingiz?
– Men faoliyatimni davom ettirish uchun klub qidirayotganimda agentim Sefer Alibaev “Bunyodkor”da o'z kuchimni sinab ko'rishni aytdi. O'zbek klubining taklifi men uchun eng maqbul variant bo'ldi va men unga rozilik berdim.
– O'z vaqtida “Bunyodkor” butun dunyo matbuotining bosh sahifasidan o'rin olgandi: o'shanda jamoada Rivaldo o'ynardi, bosh murabbiy esa Luiz Felipe Skolari edi. O'sha vaqtdagi klubdan nimalar qoldi, maqsadlar o'shandaymi?
– O'zbekistonda “Bunyodkor” eng kuchli klub sanaladi, Osiyoda ham klubni xurmat qilishadi. Hozir, albatta, Rivaldo va Skolari vaqtidagi vaziyat emas, o'sha vaqtda klubni homiysi boshqa edi, prezident boshqa edi. Ayni paytda klub bosh homiysi “O'zneftegaz”, men klubda nimadir kam deya olmayman. Stadion ham, baza ham – Evropa darajasida.
– O'zbekiston chempionatining o'yinlarini qisqa tarzda tomosha qilib shunga amin bo'ldimki “Bunyodkor”, “Paxtakor” va “Nasaf” Evropada so'nggi o'rinlarda bo'lishmasdi. Taassurotlarim to'g'rimi?
– Ha, bu jamoalar boshqalardan ajralib turishadi, qolganlarning saviyasi pastroq.
– Aytgancha, “Paxtakor” va “Nasaf”ga ham gol urdingiz. Eng kuchli klublarni ham ranjitish osonmi?
– Nimaga yo'q? Barcha bilan o'ynasa bo'ladi.
– Qiziq, O'zbekiston chempionatida ham sizga o'xshash juda bo'yi uzun hujumchi bormi?
– Yo'q, bunday futbolchini ko'rmadim.
– U erda xuddi Gulliverdek ekansizda. 16 ta golni qanday tarzda urdingiz? O'ng oyog'ingiz bilan yo'llagan kuchli zarbalar ham bo'ldimi?
– Uzoqdan urganimni eslay olmayman. Menimcha gollarimning yarmini boshim bilan urdim.
– Osiyo chempionlar ligasidagi debyut mavsumingiz qanday kechdi?
– U erdagi saviya butunlay boshqacha, o'yinlar qiziqarli kechdi. Biz juda qiziqarli o'lim guruhidan o'rin oldik. Raqiblar Xitoy, Janubiy Koreya va Yaponiya klublari bo'lishdi.
– Ha, daxshatli guruh. O'zbekiston klubi mana shunday kuchli klublarni qanday ortda qoldira oldi?
– Birinchi turdanoq ajoyib natijani qo'lga kiritdik. Xirosimada hisobni ochdim va yakunda “Sanfrechche”ni 2:0 hisobida mag'lub etdik. “Poxan Stilerz”va “Pekin Goan” bilan durang o'ynadik. So'ngra Xitoyda yutdik va Koreyada durangga erishdik. Biz guruhdagi bironta o'yinda ham mag'lub bo'lmay guruh g'olibi bo'ldik.
– OCHL va ECHLni taqqoslash mumkinmi?
– Ushbu musobaqaga qarab futbol faqat Evropa yoki Lotin Amerikasida rivojlanmaganiga guvoh bo'lamiz. OCHL doirasida Xitoydagi o'inni 50 ming tomoshabin qarshisida o'ynadik. Muhit ajoyib bo'ldi, haqiqiy futbol bayrami.
– Hozir ko'pchilik yulduz futbolchilar Osiyoga ketishmoqda, hatto yorqin familiyalar ham Jey-liga yoki Xitoy Super-ligasida ko'plab topiladi. Siz qaysidir yulduzga qarshi o'ynadingizmi?
– Pekin klubi safida “Sevilya” klubi sobiq hujumchisi Kanute o'ynaydi. Albatta, tajribali futbolchi ekani ko'rinib turibdi, ammo “Bunyodkor”ga gol ura olmadi (kuladi).
– Siz hujumchisiz. Sizga savol: Osiyolik himoyachilar o'ynashadi?
– Yo'q, yaxshi o'ynashadi. Odatda to'rtta himoyachi bitta chiziqda o'ynashadi, faqat Tailand klubiga qarshi o'yinda raqib 5ta himoyachi bilan harakat qildi.
– OCHLda “o'lim guruhi”dan chiqib 1/8 finalda Tailand klubiga yutqazib qo'ydinglar. Alam qilmadimi? “Buriram”ga qarshi o'yinda boshqacha natija qayd etilishi mumkinmidi?
– Birinchi o'yindan so'ng xavf yo'qdek edi. Tailandda durangga erishayotgandik, ammo jarima to'pidan gol o'tkazib yuborib yutqazib qo'ydik - 1:2. Toshkentdagi o'yinda deyarli butun o'yin davomida raqib jarima maydoni ichida “o'ynadik”, ammo uchrashuvda hisob ochilmadi. Agar ularning himoyasini yorib o'ta olganimizda barchasi boshqacha bo'lardi.
– Siz Osiyo bo'ylab ancha parvozlarni amalga oshirdingiz. Iqlim, ob-havo yoki tomoshabinlar tufayli noqulay o'tkazgan o'yinlar ham bo'ldimi?
– Tailanddagi o'yin eng qiyini bo'ldi. Maydonga tushayotganimizda havo harorati +42-43 gradus edi. Stadion esa Britaniya usulida qurilgan – tribunalar maydon yonida joylashgan. 25 ming toomshabin bilan to'lib toshgandi. 90 daqiqa davomida ular qo'shiq aytishni to'xtatishmadi.
– O'zbekiston chempionatiga qaytamiz. U erda so'nggi yillarda ukrainaliklar ko'p o'ynashmoqda. Maydonga tushganda raqib safida tanishlar o'ynagan paytlar bo'ldimi?
– Ha, ko'p klublarda hamyurtlarimiz bor. Ammo oldindan tanish bo'lgan futbolchilardan faqat bittasini ko'rdim. Samarqandda 34 yoshli darvozabon Andrey Melnichuk o'ynaydi.
– Ukrainaliklar O'zbekistonda ko'p narsaga erishishgan. “Nasaf” bilan ishlagan Demyanenkoni eslashni o'zi kifoya. Ukrainalik legionerlar bu yurtda qadrlanishadimi?
– Munosabatlardan nolishga haqqim yo'q, o'zbeklar ukrainlarga yaxshi munosabatdalar.
–Toshkentda qanday yashayapsiz?
– Yaxshi. Mehmonxonada turibman, ammo menga qulay. Biz ko'pincha bazaga boramiz. Klubdagi boshqa bir legioner serb Blajich bilan suhbatlashaman. Birga klubga keldik, bazada bitta xonada turamiz. SHu sababli do'stmiz. Oilam meni yonimga kelib turadi. SHahar juda go'zal – bu erda dunyodagi eng qimmat bino ham bor. Umuman olganda shahar chiroyli…
–“Bunyodkor”ning eng pricipial raqibi kim?
– “Paxtakor”.
– “Nasaf” yaqinda OFK kubogini qo'lga kiritgani bo'lishiga qaramaymi?
– Bu erda tarix katta o'rin tutadi. “Paxtakor” axir sovet davrida ham ishtirok etgan. Bundan tashqari biz qo'shnilarmiz.
– “Bunyodkor” yaqin yillarda tuzilgan klub, tarixi bilan maqtana olmaydi. Kimning muxlislari ko'proq sizlardami yoki “Paxtakor”da?
– Muxlislarimizdan nolimaymiz, imkon qadar ular bizni qo'llab turishadi. Ammo “Paxtakor”da menimcha muxlisi ko'proq.
– Klubni yaqin o'tmishning eng yaxshi futbolchilaridan biri Mirjalol Qosimov boshqarmoqda. U qanday murabbiy?
– Ayni paytda u O'zbekistondagi eng kuchli murabbiy. Axir u terma jamoada ham ishlaydi. Yosh bo'lishiga qaramay katta yutuqlarga erishdi.
– Terma jamoaga qiziqish qanday? O'zbekiston MDH vakillari orasida birinchilardan bo'lib 1994 yili Osiyo o'yinlarini yutgandi.
– Qiziqish kuchli. Afsuski, JCH-2014ga to'g'ridan-to'g'ri chiqish imkoniyatni yo'qotishdi. Ammo kurashni pley-offda Iordaniyaga qarshi davom ettirishadi. Terma jamoa Braziliyaga borishini ko'pchilik istamoqda.
– Qozog'istonda o'ynayotgan futbolchilardan doim so'rayman: Qozog'iston va O'zbekiston chempionatining qaysi biri kuchliroq? Qozog'istonni kuchli deyayotganlarda bitta katta ustunlik bordek: O'zbekistonning kuchli futbolchilari, Geynrix va Kapadze hozir O'zbekiston ligasida emas “Aktobe”da o'ynashmoqda…
– Menimcha bu ligalar deyarli teng kuchli. Faqat Qozog'istonda moliyaviy tomonlama ustunlik bor.
– O'tgan yil yangi 35 minglik stadion qurib bitkazildi…
– Bu Toshkentning ko'rki. CHiroyli va qulay stadion.
–“Paxtakor”ni ham stadioni yomon emasku...
– Yo'q, bizniki zamonaviyroq!
– Stadionlar yarmi bo'lsa ham to'ladimi?
– Terma jamoa o'ynayotganda stadion doim to'ladi. OCHL doirasidagi o'yinlarda esa 10-15 ming tomoshabin kelardi.
– So'nggi va eng muhim savol: Aleksandr Pishur “Bunyodkor”da baxtlimi?
– Ayni paytda meni barchasi qoniqtirmoqda.
Narzulla Saydullaev tarjimasi

Fikrlar