Aleksandr Petrov: "O'yindan qoniqdim, natijadan emas"
15 iyu 2016 17:12
Yangiliklar
Aleksandr Petrov: "O'yindan qoniqdim, natijadan emas"
O'yindan keyingi matbuot anjumanida olmaliqliklar ustozi Aleksandr Petrov quyidagilarni aytib o'tdi.
"Bugun durang natija qayd etilganida adolatli bo'lardi menimcha, chunki o'yin deyarli teng kurashlar ostida o'tdi.
Bugun albatta bosim bo'ldi. Futzalchilarim yaxshi o'ynashdi, umuman olganda o'yindan qoniqish hosil qildim. Faqat natijadan emas.
Bugun uchrashuv durang natija bilan tugaganida xursand bo'lardim. Raqibimiz o'tgan yil ushbu chempionatda g'olib bo'lgandi. Ularga qarshi munosib o'ynadik. Keyingi bahslarda ham shunday harakat qilishga urinamiz.
Keyingi o'yinga qanday tayyorgarlik ko'ramiz? Ko'proq mashg'ulot o'tkazamiz. Mashg'ulot, mashg'ulot va yana mashg'ulot.
Dastlabki maqsadimiz guruhdan chiqish. SHu bois keyingi o'yinni yutmasak bo'lmaydi", - deya o'yin haqidagi fikrlarini bildirib o'tdi Petrov.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. Бир неча кун олдин "Барселона"ни тор-мор этган "Атлетико" чемпионат аутсайдерига йирик ҳисобда мағлуб бўлди ва тўртинчи ўринга тушиб кетди
Элит ОЧЛ. "Насаф" турнирдаги илк ғалабасини тантана қилди, аммо юришини гуруҳ босқичида якунлади
Англия Кубоги. "Манчестер Сити" ўз майдонида "Салфорд Сити"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди
Родри дисквалификация қилиниши мумкин
Fikrlar