Aleksandr Petrov: "CHorak finalga chiqishga loyiqmiz"
16 iyu 2016 17:26
Yangiliklar


Aleksandr Petrov: "CHorak finalga chiqishga loyiqmiz"
"Bugun ikki xil bo'lim guvohi bo'ldik. Kechagi og'ir o'yindan so'ng birinchi 20 daqiqalikda ustunlikni raqibga berib qo'ydik, ikkinchi taymda esa yaxshiroq o'ynadik va ko'proq imkoniyatlarimiz ega bo'ldik. Endi esa ertangi o'yinda Eron chempioni g'alaba qozonishiga umid qilamiz.
Raqibimiz yaxshi shakllangan jamoa ekanligini ko'rsatdi. Birinchi bo'limda o'zimiz ustunlikni ularga berdik, raqib 3-4ta gol urishi ham mumkin edi.
Rustam Umarov Osiyoning eng kuchli darvozabonlaridan biri. Uni jamoamizning yarmi deya olaman. Darvozani shunday posbon qo'riqlasa yigitlarda qo'shimcha ishonch bo'ladi. Ertaga Eron klubining g'alaba qozonishini kutamiz va guruhdan chiqishga umid qilamiz. Guruhdagi dastlabki ikki o'yinda yomon o'ynamadik, shu bois menimcha chorak finalga chiqishga loyiqmiz", - deydi Aleksandr Petrov.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar