So’nggi yangiliklar

08:06Саудия Арабистон чемпионати. «Ал Ҳилол» мавсумдаги илк мағлубиятини қабул қилди  0 07:38Суперлига. Бугун 25-тур якунланади  0 04:12"Андижон" ўз уйида "Динамо"ни йирик ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 04:07Чемпион "Насаф" Фарғонада "Нефтчи"га мағлуб бўлган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 02:57Ла Лига. "Барселона" "Сельта"га қарши ўйинда сўнгги дақиқаларда иккита гол ўтказиб, ғалабани қўлдан чиқарди  100 02:06"Челси" 100 миллионлик форвардни харид қилмоқчи?!  2 00:29А Серия. "Милан" ва "Ювентус" ўртасидаги ўйин нурсиз дуранг билан якунланди  9 00:26АПЛ. "Манчестер Сити" ўз уйида "Тоттенхэм"га йирик ҳисобда таслим бўлди  30 23:11Битта гол урилган Тошкентдаги "Олимпик" — "Бунёдкор" ўйинидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 23:00Франция чемпионати. "Ланс" Ҳусановсиз ўз уйида "Марсель"дан учта тўп ўтказиб, мағлуб бўлди  8 22:49Моуринью "Реал" собиқ ўйинчисини нишонга олди  2 22:11АПЛ. "Арсенал"дан йирик ғалаба, лондонликларнинг сўнгги голини ўтган йили Ўзбекистонга қарши баҳсда ҳаракат қилган 17 ёшли ўйинчи урди  10 22:06Бундеслига. "Байер" 0:2ни 5:2 қилди, "Боруссия Дортмунд"дан жавобсиз 4та тўп, "Хоффенхайм" — "Лейпциг" ўйинида 7та гол  0 22:00Суперлига. Экстра-тайм: жорий мавсум узоқ давом этган ўйинлар  0 20:57А Серия. "Интер" "Верона"га қарши ўйин тақдирини биринчи бўлимнинг ўзида ҳал қилди  0

Aleksandr Onika: Lokomotivdagi sharoitlar alo darajada Yangiliklar

Aleksandr Onika: Lokomotivdagi sharoitlar alo darajada

Davralar oralig'ida Toshkentning Lokomotiv klubi o'z safiga bir qator mahoratli futbolchilarni qo'shib oldi.
Ko'p yillar davomida Paxtakor jamoasida faoliyat ko'rsatgan Ilxom Suyunov, bir necha mavsumdan beri Olmaliqda ishonchli o'yinlar namoyish etib kelayotgan Evgeniy Gogol, 1-davra o'yinlarini ijara asosida Gulistonda o'tkazgan yarim himoyachilar Ibrohim Raximov va Sobir Usmonxo'jaev shular jumlasidan. SHuningdek, jamoa o'z safiga moldovalik Aleksandr Onikani ham qo'shib oldi. O'zbekiston chempionati bahslarida ilk marotaba ishtirok etayotgan bo'lishiga qaramay moldovalik stopper o'zining ishonchli o'yinlari bilan muxlislar mehrini qozondi. Ayniqsa, O'zbekiston kubogi-2013 bahslarining yarim final dastlabki o'yinida Onikaning maydon markazidagi aqlli o'yini natijasida Lokomotiv o'zi uchun qoniqarli natijani qo'lga kiritdi, deyish mumkin. SHu munosabat bilan Aleksandr Onikadan klub sayti uchun eksklyuziv intervyu oldik.

- Aleksandr, avvalo Lokomotiv oilasiga xush kelibsiz! O'zbekistonda paydo bo'lishingiz tarixini so'zlab bersangiz...
- Mavsum tugagach, SHerif bilan shartnomamni bekor qildim. Birozdan keyin menga agentim O'zbekiston klublaridan chorlov bo'layotgani haqida aytib qoldi. Bu erga kelishdan oldin bundan ikki-uch yil avval O'zbekistonda to'p surgan hamyurtim Kolya Minchev bilan ham maslahatlashdim. U O'zbekistonda futbolga hukumat darajasida etibor qaratilishi, chempionatda ham raqobat ancha yuqori ekanligi, chempionlik va sovrinli o'rinlar uchun 4-5ta jamoa bahs olib borishi, qolaversa Toshkentning juda chiroyli shaharligi haqida gapirib berdi.

- O'zbekiston chempionati, xususan Lokomotiv futbol klubi haqida qandaydir malumotga egamidingiz?
- Yo'q, Lokomotiv jamoasi haqida eshitmagandim. Ammo, O'zbekiston chempionatida ishtirok etayotgan klublardan Bunyodkorda braziliyalik futbol yulduzi Rivaldo, qolaversa mashhur murabbiylar Ziko va Skolarilarning faoliyat olib borishganini bilardim xolos.

- Xo'sh, Lokomotiv klubidagi sharoitlar sizga maqul keldimi?
- Albatta. Bu erda barcha sharoitlar yaratilgan. Jamoada malakali murabbiylar shtabi faoliyat ko'rsatmoqda. Stadiondagi sharoitlar ham alo darajada. Menga ayniqsa maydon holati yoqdi. Ochig'i, O'zbekistonda shunday yaxshi futbol maydonlari bor, deb o'ylamagan edim. Bu men uchun kutilmagan hol bo'ldi. Hozircha ikkita o'yinda ishtirok etdim va menga har ikki stadionning holati juda yoqdi. Bizning Moldovada bunday maydonlarni uchratish amri mahol.

- Hozircha O'zbekiston chempionati va kubogida bittadan o'yin o'tkazdingiz va har ikki musobaqada aynan so'nggi yillarda o'zbek futbolida bayroqdorlikni qo'lga olgan Bunyodkorga qarshi to'p surdingiz. Raqib jamoa sizda qanday taassurot qoldirdi?
- Yaxshi shakllangan jamoa. Tarkibdagi futbolchilarning ham mahorati chakki emasligi ko'rinib turibdi. Ularga qarshi to'p surish qiyin kechdi, ayniqsa ikkinchi o'yinda bu yaqqol ko'zga tashlandi. Dastlabki o'yinda ancha yaxshi harakat qilgandik. Biroq, yakunda g'alabani saqlab qololmadik. 2-0 hisobida oldinda borayotganimizda ham bizda to'p kiritish uchun bir nechta qulay imkoniyatlar yuzaga keldi. Ayniqsa, Nagaev birga-bir vaziyatdan foydalana olmadi. Aynan shu holat o'yinga jiddiy tasir ko'rsatdi. Atigi ikki daqiqa ichida o'z darvozamizdan ikkita to'p o'tkazib yubordik. SHunday keyin ham bizda g'alabani yulib ketish uchun qulay imkoniyat yuzaga kelgandi. Afsuski, vaziyatdan foydalana olmadik. Balki bu ham yaxshilikkadir. 2-0 hisobini saqlab qolganimizda ehtimol javob o'yiniga jiddiy yondoshmasligimiz va buning natijasida pand eb qolishimiz ham mumkin edi. Endi javob uchrashuviga ham jiddiy yondoshamiz, chunki Bunyodkordek raqibga qarshi o'yinda ikki to'p farqi bilan oldinga o'tib olish bu g'alabani kafolatlamasligini yaxshi iblamiz.

- Nima sababdan o'sha o'yinni oxirigacha davom ettira olmadingiz...
- Ha, havoning o'ta issiqligi menga tasir ko'rsatdi. Maydonga chiqqach organizmimda qandaydir o'zgarishlar bo'layotganini, vujudimdan qanaqadir issiqlik chiqayotganini sezdim. Tanaffusda jamoamiz shifokori bergan dorini istemol qilgach, o'zimga keldim. Ammo, murabbiylar meni almashtirishga qaror qilishdi.

- Ilgari ham shunday issiq ob-havo sharoitida to'p surishingizga to'g'ri kelganmi?
- Yo'q. Moldovada harorat 30-35 daraja issiq bo'lsa, buni biz issiq havo deb ataymiz. Ammo, O'zbekistonda kunduzi ko'chaga chiqib bo'lmaydigan darajada issiq bo'lishini aslo kutmagandim.

- Sizni Moldova terma jamoasi yig'iniga jalb qilishdi. Uyga qachon yo'l olasiz?
- Men Moldova terma jamoasining kengaytirilgan ro'yxatidan o'rin olgandim. Ammo terma jamoa murabbiylari yakunda boshqalarga imkon berishini malum qilishdi. SHu sababli bu safargi yig'inda ishtirok etmayman. Lekin sentyabr oyida Angliya termasiga qarshi kechadigan rasmiy o'yinga taklif olaman, degan umiddaman. Bu endi ko'p jihatdan Lokomotivda qanday to'p surishimga bog'liq. Umid qilamanki, yangi jamoam safida munosib to'p surib, terma jamoa murabbiylari etiboriga tushaman.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика