So’nggi yangiliklar

07:38Суперлига. Бугун 25-тур якунланади  0 04:12"Андижон" ўз уйида "Динамо"ни йирик ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 04:07Чемпион "Насаф" Фарғонада "Нефтчи"га мағлуб бўлган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 02:57Ла Лига. "Барселона" "Сельта"га қарши ўйинда сўнгги дақиқаларда иккита гол ўтказиб, ғалабани қўлдан чиқарди  97 02:06"Челси" 100 миллионлик форвардни харид қилмоқчи?!  2 00:29А Серия. "Милан" ва "Ювентус" ўртасидаги ўйин нурсиз дуранг билан якунланди  9 00:26АПЛ. "Манчестер Сити" ўз уйида "Тоттенхэм"га йирик ҳисобда таслим бўлди  29 23:11Битта гол урилган Тошкентдаги "Олимпик" — "Бунёдкор" ўйинидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 23:00Франция чемпионати. "Ланс" Ҳусановсиз ўз уйида "Марсель"дан учта тўп ўтказиб, мағлуб бўлди  8 22:49Моуринью "Реал" собиқ ўйинчисини нишонга олди  2 22:11АПЛ. "Арсенал"дан йирик ғалаба, лондонликларнинг сўнгги голини ўтган йили Ўзбекистонга қарши баҳсда ҳаракат қилган 17 ёшли ўйинчи урди  10 22:06Бундеслига. "Байер" 0:2ни 5:2 қилди, "Боруссия Дортмунд"дан жавобсиз 4та тўп, "Хоффенхайм" — "Лейпциг" ўйинида 7та гол  0 22:00Суперлига. Экстра-тайм: жорий мавсум узоқ давом этган ўйинлар  0 20:57А Серия. "Интер" "Верона"га қарши ўйин тақдирини биринчи бўлимнинг ўзида ҳал қилди  0 20:40Вадим Абрамов: "Барча голларни қарши ҳужумлар туфайли ўтказиб юбордик, ўйин учун режамиз умуман бошқача эди"  3

Aleksandr Onika: "Endi faqat CHempionlik haqida o'ylaymiz" Yangiliklar

Aleksandr Onika: "Endi faqat CHempionlik haqida o'ylaymiz"

CHempionlik uchun astoydil kurashayotgan “Lokomotiv” klubi ikkinchi davrada o'z tarkibiga moldaviyalik legioner Aleksandr Onikani qo'shib olganini muxlislar yaxshi bilishadi.

Bu futbolchi temiryo'lchilar safiga qo'shilgan zahoti asosiy tarkibda o'ynab kelmoqda va hozircha yomon taassurot qoldirmayapti.

Xabaringiz bor, “Lokomotiv” yil boshida rossiyalik Alan Kusov bilan shartnoma imzolagandi. Ammo Kusov jarohatlar bilan bog'liq muammo tufayli o'zini ko'rsata olmadi. SHu bois Hakim Fuzaylov yozgi tanaffusda jamoaga Ilhom Suyunov va Evgeniy Gogoldan tashqari moldaviyalik Onikani ham taklif qildi. Kusovdan farqli ravishda Onika jamoa o'yiniga tez kirishib ketdi. U Moldaviyada “SHerif” va “Dachiya” kabi etakchi klublarda to'p surgan. SHuningdek, Rossiya va Ukrainada ham faoliyat ko'rsatgan. O'tgan hafta temiryo'lchilar “Bunyodkor”ga yutqazib qo'yib kubok bahsidan chiqib ketishdi. Ana shu o'yindan keyin modaviyalik futbolchidan gazetamiz uchun interyu oldik.

- Avvlo suhbatni “Bunyodkor” bilan bo'lgan o'yin to'g'risidagi fikrlaringizdan boshlasak. SHu kuni mag'lubiyatga nima sabab bo'ldi?

- Ikkita gol o'tkazib yuborishimiz evaziga imkoniyatni boy berib qo'ydik. Oldingi chizig'imiz samarali o'yin ko'rsatgani yo'q. Yani, imkoniyatlardan foydalana olmadik. Safarda 2:2 o'ynaganimiz bois bizni 0:0 yoki 1:1 hisobidagi duranglar ham qoniqtirardi. Balki shuning uchun ham biroz xotirjam bo'lgandirmiz. Albatta, yaxshi imkoniyatni ega bo'la turib o'z maydoningda mag'lubiyatga uchrash alamli. O'yin teng kurashlar ostida kechdi. Faqat ikkinchi bo'limda darvozamizdan to'p o'tkazib yubordik.

- SHu kuni jamoa g'alaba qozonishni maqsad qilganmidi yoki kichik hisobdagi durangni saqlab qolishni o'ylaganmidinglar?

- Murabbiyimiz birinchi galda darvozamizdan to'p o'tkazib yubormaslikni va hujumda aniq o'ynab “Bunyodkor” darvozasini ishg'ol qilishni uqtirgandi. Aynan shu maqsadda maydonga tushgandik. Afsuski, bu ko'rsatmalarni bajara olmadik. Eng muhimi bo'lgan o'z darvozamiz dahlsizligini saqlay olmadik. Bundan tashqari gol ham urish nasib qilmadi. Nima uchun bunday bo'lganiga o'zimiz ham hayronmiz. Vaholanki, o'yinga yaxshi tayyorgarlik ko'rgandik.

- “Bunyodkor”ga qarshi avvalgi ikkita uchrashuvda ishtirok etgandingiz. Kechagi bahsning ana shu o'yinlar bilan qanday farqli jihati bo'ldi?

- “Bunyodkor” futbolchilari bir muncha faolroq va yakdillik bilan to'p surishdi. “Jar”da o'tgan dastlabki uchrashuvda biz mezbonlarga nisbatan yaxshiroq o'ynagandik. O'sha uchrashuvda birinchi taymdayoq ikkita gol urgandik. Undan ham ko'p to'p kiritishimiz mumkin edi. Ana shu o'yinda biz g'alabaga haqli edik. Lekin omad “Bunyodkor”ga kulib boqdi. Nima ham qilardik bu futbol.

- Murabbiylar sizga qanday ko'rsatma berishgandi, biror-bir futbolchiga qarshi alohida o'ynash vazifasi yuklatilmaganmidi?

- Yo'q, alohida bir o'yinchiga biriktirilmagandim. Asosiysi raqib futbolchilariga imkon bermaslik edi. Qo'limdan kelgancha harakat qildim.

- “Lokomotiv” finalda chiqa olmadi. Ayni paytda jamoada kayfiyat yuqori bo'lmasa kerak?

- Albatta, mag'lubiyat hech kimga yoqmaydi. O'yindan keyin juma kuni yig'ilgan bo'lsak, ikki kundan beri yigitlarda kayfiyat yaxshi emas. CHunki jamoa oldiga nafaqat chempion bo'lish, balki kubokni qo'lga kiritish vazifasi ham qo'yilgandi. Ammo bunday bo'lishini hech kim kutmagandi. SHunga qaramay, hayot davom etaveradi. Endi bor etiborimizni chempionlikka qaratamiz. Oldimizda endi bundan boshqa yo'l ham yo'q.

- To'purar hujumchi Farhod Tojievning yo'qligi o'z tasirini ko'rsatdimi?

- Ha, hujum chizig'imizda ayrim muammolar ko'zga tashlandi. Ko'rgan bo'lsangiz, “Bunyodkor” tarkibida ikkinchi bo'limda maydonga tushgan futbolchilar jamoa o'yinini kuchaytira olishdi. Bizda esa unday bo'lmadi. Albatta, Tojiev bo'lganda osonroq bo'lardi. Bundan tashqari yana bir hujumchi Aleksandr SHadrin ham o'yindan oldin jarohat olgani bois maydonga tusha olmadi. U ham bizga etishmadi. SHu sababli oldingi chiziqda faqat Nagaev to'p surishiga to'g'ri keldi.

- “Lokomotiv”da o'ynashni boshlaganingizga ko'p vaqt bo'lmadi. Yangi muhitga qay darajada moslasha oldingiz?

- Kundan-kunga yaxshiroq moslashib boryapman, jamoaga kirishyapman va futbolchilar bilan yaqindan tanish boryapman. CHunki bungacha O'zbekistonga biror marta kelmagandim. SHu bois o'zim uchun qaysidir manoda yangi dunyoni kashf qildim. Juda yaxshi klub safidan joy oldim va yangi muhitga ko'nikishim qiyin kechmayapti. Qolaversa, O'zbekiston chempionati saviyasi ham yomon emas. SHuningdek, Toshkent ham menga juda yoqdi. Meni faqat yurtingizning issiq ob-havosi biroz qiynab qo'ymoqda xolos. Bu er juda issiq ekan. Bunday sharoitda to'p surish oson emas. Lekin nima bo'lganda ham professional futbolchi har qanday sharoitga ko'nikishi kerak.

- Keling, endi “Lokomotiv”ga o'tishingiz haqida gaplashsak. Temiryo'lchilar safiga qo'shilishingiz qanday yuz berdi?

- Meni ukrainalik agentim bor. U menga “Lokomotiv” variantini topdi. O'zbekiston men uchun yangi mamlakat edi va bu erga kelishga rozilik bildirdim. Jamoada menga hamma narsa yoqdi. Bazada barcha sharoitlar yaratilgan, shuningdek, stadion ham alo darajada.

- “Loko” taklifi ustida ko'p o'ylandingizmi yoki tezda ijobiy javob berdingizmi?

- Oldimda boshqa variantlar ham yo'q emasdi. Lekin ko'p joylarda zayavka berish muddati yakunlanayotgandi. SHu bois tezroq bir to'xtamga kelishim kerak edi va men “Lokomotiv”ni tanlab O'zbekistonga o'ynashga qaror qildim. Bundan tashqari ilgari yurtingizda o'ynagan Nikolay Minchev bu borada gaplashdim va u menga O'zbekiston haqida yaxshi fikrlar bildirib, bu erga kelishimni maslahat berdi.

- Moldaviyaning ko'zga ko'ringan futbolchisi sanalasiz. Bundan tashqari ilgari Rossiya va Ukrainada ham o'ynab tajriba orttirgansiz...

- To'g'ri, Rossiyada “Spartak” (CHelyabinsk) va “KamAZ” klublarida faoliyat olib borganman. Ukrainada Poltavaning “Vorskla” jamoa sharafini himoya qilganman. So'nggi klubim esa Moldaviyaning etakchi klubi “SHerif” sanaladi. O'tgan bir mavsum shu jamoada o'ynadim. SHartnomam nihoyasiga etgani bois erkin o'yinchi sifatida “Lokomotiv”ga keldim.

- CHempionatimizda bir nechta uchrashuvlarda maydonga tushdingiz. Taassurotlar qanday?

- O'zbekiston chempionati saviyasi yuqori va bu erda o'ynash oson emas. CHunki bu erda ham futbolni yaxshi tushunishadi va malakali ijrochilar ko'p. SHu kungacha “Bunyodkor”, “Guliston”, “Olmaliq” jamoalariga qarshi o'ynab shunday xulosaga keldimki, g'alaba qozonish oson emas. Boshqa tarafdan olib qaraganda, ochig'i chempionatingiz men uchun qiziqarli.

- Maydonlarning holatiga qanday baho bersiz?

- Yurtingizda yaxshi stadionlar borligiga guvohi bo'lyapman. O'zimizning stadion ajoyib ekanligini aytib o'tdim. O'zbekistonda bunday o'yingohlar bor deb o'ylamagandim. Bu men uchun kutilmagan xol bo'ldi. Barcha jamoalarning stadionlarini hali ko'rmagan bo'lsamg'da, “Bunyodkor” hamda “Olmaliq” maydonlarida o'ynadim va ular yomon taassurot qoldirmadi. Aytishim kerakki, Moldaviyada bunday stadionlarni topish qiyin.

- Jamoangiz kubokdan chiqib ketdi va endi faqat chempionlik uchun kurashasizlar. Lekin bunga ham erishish oson bo'lmaydi. Boisi “Bunyodkor” va “Nasaf” sizlardan atigi bir ochkoga ortda borishyapti. CHempionlik imkoniyatini qanday baholaysiz?

- Biz uchun endi faqat bitta frontda kurash qoldi deb yuqorida ham aytib o'tdim. CHempionat oltin medallaridan boshqasi bizni qoniqtirmaydi. To'g'ri, mavsum yakunlanishiga hali ancha vaqt bor. SHunga qaramay, har bir uchrashuvda g'alaba uchun maydonga tushamiz va maqsadga erishish yo'lida oxirigacha kurashamiz. Albatta, “Bunyodkor” bilan “Nasaf” bizni izma-iz taqib etib borishmoqda. Ammo biz bu jamoalar haqida emas, faqat o'zimizning o'yinimizni o'ylashimiz kerak. SHunda oldimizdagi vazifani bajara olamiz.

- Avval o'ynagan klublaringizda hech chempionlik lazzatini totib ko'rganmisiz?

- Albatta. “SHerif” bilan ikki bor, “Dachiya”da esa bir marta Moldaviya chempion bo'lganman. Bilasizmi, so'nggi yillarda o'ynayotgan jamoalarimda chempionlikni ko'lga kirityapman. Qizig'i, O'zbekistonga kelib oltin medallarni qo'lga kiritishni maqsad qilgan jamoa safiga qo'shildim. Qolaversa, jamoam ayni paytda chempionatda peshqadamlik qilmoqda. SHu bois “Lokomotiv” bilan ham chempionlik unvonini qo'lga kiritishni juda xohlayman. Garchi bunga erishish oson bo'lmasada.

- “Lokomotiv”da uzoqroq o'ynamoqchimisiz? Umuman shartnomangiz necha yilga tuzilgan?

- Temiryo'lchilar bilan chempionat oxiriga qadar shartnoma imzolaganman. Undan keyin nima bo'lishini vaqt ko'rsatadi. Agar rahbariyat qolishimni xohlashsa, faoliyatimni shu erda davom ettirishim mumkin. Albatta, “Lokomotiv” professional klub va bunday jamoada uzoqroq o'ynashni har qanday futbolchi xohlaydi. Mening ham niyatim shu. CHempionlikni qo'lga kiritsak, keyingi mavsumda ham jamoaga yordam berish maqsadim bor. Lekin baribir oldindan bir nima deyish qiyin.

- Ilgari ham tayanch yarim himoyachi sifatida o'ynarmidingiz yoki “Lokomotiv”da shu poziciyada harakat qilyapsizmi?

- Futbol o'ynashni boshlaganimdan beri tayanch yarim himoyachisi vazifasida to'p suraman va ampluamni o'zgartirmaganman. “Loko”da ham xuddi shu joydaman.

- Murabbiylar sizga asosiy tarkibdan joy berishyapti. Jamoadagi raqobat to'g'risida nima deysiz?

- Jamoada yaxshi saviyadagi futbolchilar ko'p va har bir chiziqqa 2-3tadan o'yinchi bor. Zaxiradan maydonga tushadigan har qanday futbolchi o'yinni kuchaytira oladi. SHu jumladan men o'ynaydigan joyda ham raqobat yuqori. Faqat so'nggi paytlarda ikkita hujumchimiz - Tojiev bilan SHadrin jarohat olishgani bois ularning yo'qligi bilinmoqda.

- Jamoadagi eng yaqin do'stingiz deb kimni bilasiz?

- Hamma bilan yaxshi munosabatdaman. Futbolchilardan jamoa sardori Dilshod Jabborov bilan ko'p gaplashib turaman. Qolaversa, klubimiz matbuot kotibi Mamur bilan yaxshi chiqishib oldim. U men bilan doim birga va Toshkentni aylantiradi. SHuningdek, yaxshi taomlari bo'lgan restoranlarga ham olib boradi. Aynan Mamur bilan birinchi bo'lib do'stlashdim va u meni yolg'izlatib qo'yayotgani yo'q. CHunki hozir chempionatingizda birorg'bir hamyurtim yoki men bilgan futbolchi o'ynamaydi. To'g'ri, mendan avval ilgari bu erda yurtdoshlarim to'p surgan. Masalan, Minchev “Nasaf” jamoasida yaxshi o'yin ko'rsatganini bilaman. Hozir esa Moldaviyadan bir o'zimman.

- Oilangizni Toshkentga qachon olib kelmoqchisiz?

- Klub menga ijaraga uy berdi va hozircha bir o'zim istiqomat qilyapman. Sentyabr oyida terma jamoaga borganda oilamni ham olib kelman.

- Moldaviya milliy terma jamoasiga sizni tez-tez chaqirib turishadimi?

- Ha, faqat avgust oyidagi yig'inga taklif etishmadi. O'rtoqlik uchrashuvi bo'lgani bois terma jamoa murabbiylari boshqa futbolchilarga imkon berishdi. Ammo 28 avgust kuni terma jamoa ixtiyoriga ketaman. JCH-2014 saralashining navbatdagi turida Angliya terma jamoasi bilan o'ynaymiz. Mana shu o'yin munosabati bilan murabbiylar terma jamoaga chaqirishgan. Nasib qilsa, tez kunlarda Angliya terma jamoasiga qarshi maydonga tushaman.

Boburbek TURSUNOV suhbatlashdi. (suxbat 24 avgust kuni uyushtirilgan).

Malumot uchun

Aleksandru ONIKA

Tug'ilgan sanasi: 1985 yil 25 iyul

Tug'ilgan joyi: Kishinyov (Moldaviya)

Ampluasi:tayanchi yarim himoyachisi

O'ynagan klublari:

2001-2002“Xincheshti” (Moldaviya)

2002-2005“Unisport-Avto” (Moldaviya)

2005“Spartak” (CHelyabinsk, Rossiya)9 (0)

2006“KAMAZ” (Rossiya)3 (0)

2006-2009“Dachiya” (Moldaviya)70 (9)

2010-2012“Vorskla” (Ukriana)9 (0)

2011-2012“Dachiya” (Moldaviya)16 (2)

2012-2013“SHerif” (Moldaviya)31 (0)

Moldaviya milliy terma jamoasida 2010 yildan buyon o'ynab kelmoqda.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика