So’nggi yangiliklar

17:56Абдурауф Бўриев: "Ўртоқлик учрашувида ҳам майдонга ғалаба учун чиқиш керак"  0 17:32Кэррик — АПЛда январь ойининг энг яхши мураббийи  5 17:15"Брентфорд" форварди АПЛда январь ойининг энг яхши футболчиси деб топилди  2 17:01Эшитдик-да! "Ғазалкент" Лазизбек Мирзаевни 70 минг еврога сотиб олди ва ижарага берди   4 16:43Достон Ҳамдамов: "Суперлиганинг янги мавсуми осон ўтади"  6 16:07Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси Миллий футбол марказида йиғин бошлади  1 15:44Абдуқодир Ҳусанов "Setanta Sports"га интервью берди  7 15:22Капелло Жаҳон чемпионати арафасида Тухелни огоҳлантирди  2 14:54ФИФА "Атлетик" клубига 2028 йилгача трансфер тақиқи қўйди  5 14:33САфарда: "Пахтакор" бир соат фарқи билан икки украин клубига қарши ўйнади. Бўриев ва Ҳамдамовдан интервью!   3 14:13Расман: Владимир Бубаня — "Металлург" футболчиси  7 13:55"Ливерпуль" дарвозабони Премьер-лигада муҳим кўрсаткичга эришди  1 13:32Расман: "Металлург" Султонов билан шартнома имзолади  1 13:15Дарвин Нуньес Саудия Арабистони чемпионати қайдномасидан чиқарилди  4 12:58"Гулистон" клуби янги мавсумга тайёрланмоқда  1

Aleksandr Mochinov: “Maqsad – oliy liga!” Yangiliklar

Aleksandr Mochinov: “Maqsad – oliy liga!”

Bir hafta muqaddam “Bunyodkor”ni tark etib, jamoamizni qabul qilib olgan yosh mutaxassis Aleksandr Mochinov eng shimarib ish boshlanadi.
Kuni kecha Aleksandr Vladimirovichdan caytimiz uchun maxsus intervyu oldik.

- “Oq-tepa” murabbiylik faoliyatimda muhim rol o'ynagan. Bilasiz, murabbiylikni shu klubda boshlab, tajriba oshirganman. Taklifga kelsak, klub rahbari G'anisher aka SHog'ulomov anchadan buyon meni bosh murabbiylikka chaqirib kelardi. Bu inson bilan iliq munosabatda bo'lganligim uchun oxiri taklifga labbay deb javob qaytardim. Sababi, “Oq-tepa” bu yil o'z oldiga jiddiy vazifa qo'ygan, yani, oliy ligaga chiqmoqchi. Aynan shu holat taklifga ijobiy tarzda javob qaytarishimga sabab bo'ldi. Bu erda men kelajakda raqobatbardosh jamoaga aylanadigan klub tuzmoqchiman. Boshqacha aytganda, ishni bosqichma-bosqich olib borib, kuchli jamoani shakllantirishni rejalashtirganmiz. Asosiysi, “Oq-tepa”da eng shimarib ishlash uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

Ikki yil avvalgi holat bilan solishtiradigan bo'lsam, jamoa tashkiliy tomondan sezilarli darajada oldinga katta qadam tashlangan. Qolaversa, “Oq-tepa” o'zbek futbolida o'z o'rniga, nomiga ega bo'lib ulgurdi. Klub tarbiyalanuvchilari oliy liga jamoalarida to'p surmoqda. Klub rahbariyati to'g'ri siyosat olib borayotgani uchun jamoa yildan-yilga rivojlanib bormoqda. Balki rivojlanish tezkorlik bilan amalga oshmayotgandir, ammo “Oq-tepa” maqsadi sari dadil qadam tashlamoqda.

Oliy ligaga chiqsa bo'ladimi? Albatta, nega bo'lmas ekan? SHunchaki, ishlar to'g'ri olib borilsa va maqsad sari barcha bir bo'lib harakat qilinsa, kifoya. O'ylaymanki, rahbariyat ham oldimizga qo'yilgan vazifamizni uddalashimiz uchun bizga qo'ldan kelgancha yordam beradi. Qisqasi, barchamiz maqsad sari harakat qilsak, oliy ligaga chiqamiz.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика