Aleksandr Mochinov: "G'alabali onlar hali oldinda"
13 apr 2015 11:51
Yangiliklar

Aleksandr Mochinov: "G'alabali onlar hali oldinda"
"Buxoro" - "Nasaf" (0:2) uchrashuvidan so'ng tashkillashtirilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida “Buxoro” bosh murabbiyi Aleksandr Mochinov tashrif buyurdi.
“Avvalom bor raqib jamoani xaqli g'alaba bilan tabriklab qolaman. Garchand biz bugun mag'lub bo'lgan bo'lsak-da, o'ylaymanki muxlislarimizga ushbu futbol maqul keldi. Ularning uchrashuv yakunidan so'ng har ikkala jamoani birdek qarsaklar bilan kuzatib qo'yishgani bunga yaqqol misol bo'lsa kerak”- deya gap boshladi Mochinov.
- Bugun “Nasaf”da 3-4 ta imkoniyat bo'ldi ular shuni ikkitasini golga aylantira olishdi, bizda esa juda ko'plab imkoniyatlar ko'kka sovurildi...
-Sen urmasang senga urishadi degan naql yana bir bor bugun o'z isbotini topdi, buning ustiga raqibing “Nasaf” darajasidagi jamoa bo'lsa. CHempionlar ligasi ishtirokchisi o'z imkoniyatini hamma vaxt ham ko'kka sovuravermaydi.
Bugun o'yin borasida biz xech bir jabxada mag'lubiyatga uchraganimiz yo'q, buni hamma ko'rdi. Golli vaziyatlar ham bizda bir necha marta ko'proq ham bo'ldi, ammo siz aytganingizday, biz ulardan foydalana olmadik, raqiblar esa foydalanishdi. Bu futbol, futbol esa xatolarni kechirmaydi.
O'tkazilgan to'rt uchrashuvlar ichida bugungi o'yinimizni o'tganlariga nisbatdan ancha mazmunliroq deb baholayman. Sababi oddiy, jamoaning 80% yangi, jamoaning aynan jamoa bo'lib shakllanishi uchun vaqt kerak va mana bugun ko'rib turibmiz-ki, jamoa o'yindan-o'yinga ochilib bormoqda.
Hamma gap vaqtga borib taqaladi, lekin futbolda kamdan-kam hollarda jamoaga vaqt beriladi, rahbarlar esa albatta faqat natijani talab qilishadi. SHu sababdan xatolar ustida ishlashda davom etamiz va albatta g'alabali onlar hali oldinda ekanligiga ishonamiz”-deb o'z so'zini yakunladi Aleksandr Mochinov.
"Buxoro" PFK matbuot xizmati.

Fikrlar