Aleksandr Lobanov Eron vice-chempioni bo'ldi
14 may 2016 15:36
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/207976_original.jpg)
![](/upload/storage/207976_220.jpg)
Aleksandr Lobanov Eron vice-chempioni bo'ldi
Hamyurtimiz shu yil boshida Tehronning "Persepolis" klubiga ko'chib o'tgan edi. Kecha Eronda 2015-2016 yilgi mavsum yakunlandi. Unga ko'ra "Persepolis" 57 ochko to'plab ikkinchi o'rinni egalladi. Qizig'i chempion bo'lgan Xuzistonning "Istiqlol" klubi hisobida ham 57 ochko bor. Faqatgina qo'shimcha ko'rsatkichlar bo'yicha "Persepolis" kumush medallariga ega bo'ldi. O'zbekistonda uch bor chempionlikka erishgan Lobanov o'z kollekciyasiga Eron chempionati kumush medalini ham qo'shib qo'ydi. Bu mavsumda hamyurtimiz klubi safida 8ta o'yinda maydonga tushdi va hech bir uchrashuvda mag'lub bo'lmadi.
Yana bir hamyurtimiz Fozil Musaev faoliyat olib borayotgan "Sepaxon" klubi o'tgan yil chempion bo'lgan edi. Bu yil esa klub mavsumni 11-pog'onada tugatdi.
Eron chempionati. Yakuniy musobaqa jadvali
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar