So’nggi yangiliklar

08:14Сон Хин Мин рекорд ўрнатди  7 07:35Ўсмирларимиз бугун Туркияга қарши "Жар"да майдонга тушади  0 01:42ЖЧ-2026 саралаши. Украина Исландияда супер ғалаба қайд этди, Германия, Франциядан голлар шодаси ва бошқа натижалар  3 01:15Амир Галенои: "Жаҳон чемпионати олдидан бизга катта тажриба бўлди"  6 00:57Сон Хён Мин рекордчига айланди  2 00:31ЖЧ-2026 олдидан Бразилия Карло Анчелотти билан шартномани узайтирмоқчи  0 00:05Ўртоқлик ўйини. Россия Эронни мағлуб қилди  13 23:45"Манчестер Юнайтед" ҳужумчисини ижарага бериб юбормоқчи  0 23:06Расман: Ноябрь ойида Ўзбекистон Мисрга қарши ўйнайди  11 22:55Холанд фаолиятида 4-марта АПЛда ой футболчиси бўлди  0 22:29Алексис Мак Аллистер ЖЧ-2026 ғолибини тахмин қилди  5 21:58Ўзбекистон термаси собиқ бош мураббийи: "Каннавародан кўра Кападзе термага кўпроқ мос эди"  31 21:44Жамолиддин Раҳматуллаев: "Ишлашимиз керак бўлган жиҳатлар кўп"  0 21:20ЖЧ-2026 саралаши. Қозоғистон Лихтенштейнни йирик ҳисобда мағлуб қилди  6 20:53Марсело Бьелса: "Ўзбекистон билан ўйин жиддийроқ бўлади"  11

Aleksandr Krestinin: "Sodda va oddiy futbol namoyish etdik. Yaqin orada jamoada o'zgarishlar bo'lishi aniq" Yangiliklar

Aleksandr Krestinin: "Sodda va oddiy futbol namoyish etdik. Yaqin orada jamoada o'zgarishlar bo'lishi aniq"

Superliga 11-turidan o'rin olgan "Lokomotiv" - "Dinamo" (0:2) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Aleksandr Krestinin matbuot anjumanida ishtirok etdi.


- O'yin haqida

- Raqibni g'alaba bilan tabriklayman. "Dinamo" o'z imkoniyatlaridan foydalandi va gol urdi. Biz individual xatolarga yo'l qo'ydik. O'zimiz yaratgan vaziyatlardan foydalana olmadik.

- "Lokomotiv" jamoasiga bosh murabbiy sifatida tayinlanganingizga ko'p vaqt bo'lmadi. "Lokomotiv" jamoasi hozir qiyin ahvolda. Ushbu krizisni qanday engib o'tmoqchisiz? Vaziyatdan chiqib ketish bo'yicha rejalaringiz bormi?

- Albatta bor. Bizga biroz vaqt kerak. Bugun maydonda namoyish etgan o'yinimiz, biz reja qilgan futbol emas edi. Biz ancha sodda va oddiy futbol namoyish etdik. Bunday o'yin bilan natija ko'rsatishning iloji yo'q. Bugun shunday bo'lib qoldi. Nega bu holat ro'y berganini tahlil qilib chiqamiz va echim topamiz.

- Futbolchilaringizning jismoniy holati haqida nimalar deya olasiz?

- Bugungi bahsni o'zingiz ko'rdingiz. Jismoniy holatimizga havas qilib bo'lmaydi. SHu sababli juda oddiy holatlarda xatolarga yo'l qo'ydik. Hozir qiyin davr, ammo biz o'zimizni majburlab bo'lsa ham kurashishimiz kerak. G'alaba uchun maksimal ravishda kurashish lozim.

- "Lokomotiv"ning sobiq bosh murabbiy Aleksandr Stoymirovich ham "Bunyodkor"ga qarshi kechgan o'yindan so'ng futbolchilarning maydondagi harakatini umuman tushuna olmayapman degan edi. Siz ham bugun maydonda boshqacha yani rejamizda bo'lmagan o'yin bo'lib ketdi dedingiz. Bunga sabab nima?

- Keling boshqa murabbiylarning ishiga baho bermaylik. O'yin avvalida ancha ishonchli ko'rindik. Vaziyatlar ham yarata oldik. Keyin esa o'yinimizni yo'qotib qo'ydik. Nega bunday bo'lganini ko'rib chiqamiz. G'alabasiz seriyasi ham bizga ruhiy tomonlama bosim o'tkazmoqda. Biroz kayfiyat yo'q.

- Birinchi davra yakuniga qadar ikkita uchrashuv qoldi. Keyingi turdagi raqib kuchli "So'g'diyona" undan keyin esa chempionlik uchun kurashayotgan "Neftchi". Davrani yakunlab beruvchi so'ngi ikkita uchrashuv haqida gapirib o'tsangiz. SHuningdek, yozgi transferlar oynasida "Lokomotiv"da yangi futbolchilarni ko'ramizmi? Bugun jamoaning jismoniy holati yaxshi emasligi haqida aytib o'tdingiz.

- Jismoniy holatni to'g'irlashimiz mumkin. Ushbu jihat yangi transferlarga aloqasi yo'q. Transferlar bo'yicha ishlamoqdamiz. O'zgarishlar bo'lishi aniq.

- "Lokomotiv" jamoasi ikkinchi davrada o'z stadionida o'ynay olmaydi degan gaplar qulog'imga chalindi. Asosiy sabab maydon holati ekan. Ushbu fikrlar rostmi?

- Bu savollarni rahbariyatdan so'rasangiz to'g'riroq bo'ladi.




Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика