So’nggi yangiliklar

16:43Даҳшат! "Олтин тўп"нинг 2 карра соҳиби оғир касалликка чалинди  4 16:18"Андижон"да сербиялик мураббий иш бошлади  1 15:57Эдди Хау МЮда ишлаши ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди  0 15:30Расман: "Навбаҳор" Абдураҳмонов трансферини эълон қилди  1 15:02"Металлург" катта футболга қайтиш арафасида  11 14:41Бугунги ўйинлар: "Арсенал" — "Ливерпуль", Франция Суперкубоги ва бошқалар  0 14:19"Сурхон" Февзи Давлетов ва Алексей Николаев билан ҳамкорлик якунланганини эълон қилди  5 14:00Балотелли фаолиятини БААда давом эттиради  0 13:32"Андижон" ҳужумчиси Озарбайжонга йўл олди  2 13:05"Локомотив" Чехия Кубоги финалчиси билан ўйнайди  1 12:38Расман: Шерзод Эсанов "Бухоро" футболчисига айланди  9 12:20МТЖ 5 майдан йиғин ўтказади ва Суперлиганинг етакчи клубларига қарши ўртоқлик ўйинларида қатнашади  4 11:58​"Пахтакор" Риаскос, Абдихолиқов ва яна 4 нафар футболчи билан хайрлашганини маълум қилди  11 11:35"Навбаҳор"га РПЛда ўйнаётган ҳимоячи келмоқда  12 11:08Расман: Дмитрий Плетнёв — "Бунёдкор" футболчиси!  3

Aleksandr Krestinin O'zbekiston chempionatini maqtadi va "Bunyodkor" bilan xayrlashdi Yangiliklar

Aleksandr Krestinin O'zbekiston chempionatini maqtadi va "Bunyodkor" bilan xayrlashdi

Coca Cola Superliganing 26-turi doirasida "Paxtakor" ustidan qozonilgan g'alabadan keyin "Bunyodkor" bosh murabbiyi Aleksandr Krestinin fikrlarini bildirib o'tdi.

- Ilk navbatda "Paxtakor"ni chempionlik bilan, "Bunyodkor" muxlislarini esa g'alaba bilan tabriklayman. O'yin qiziqarli bo'ldi deb o'ylayman, ko'p gollarni ko'rdik. Sifatli futbol namoyish qilindi. Televizor orqali tomosha qilganlar o'yindan zavq olishdi. Muxlislarga, yigitlarga, klub rahbariyatiga, klub ishchilariga, stadion ishchilariga, qarorgohimiz ishchilariga ushbu yilda qilingan mehnat uchun  minnatdorlik bildiraman. Bugungi kundan etiboran biz o'zaro hamkorlikni tugatamiz va barchaga omad tilayman.

- Sizning "Bunyodkor"dan ketishiningiz uchun katta sabab bormi?

- Hayot shunday. Ammo bu har kuni bo'ladigan ish emas. Bu ikki tomonning kelishuvi. Rahbariyat bilan birga o'tirdik, gaplashib oldik va kelishdik.

- "Bunyodkor"ga kelib qanchalik o'sishga erishdingiz yoki pasayish bo'ldimi?

- Natijalar unchalik yomon bo'lgani yo'q. Balki hozirgidan 3-4 ochko ko'proq jamg'arishimiz mumkin edi. Biz 8-o'rindagi jamoani qabul qilib oldik. Garchi o'rnimiz o'zgarmagan bo'lsa-da, ko'proq ochko jamg'ara oldik. Mavsum davomida barchasini o'zgartirib yuborish unchalik oson bo'lmadi. Jamoadagi o'sish ko'rindi, so'nggi 6 o'yinda bir marta mag'lub bo'ldik. Yigitlar barchasiga moslashib olishgandi. "Bunyodkor"dagi faoliyatimga yaxshi baho beraman. 

- Ushbu mavsumdagi eng qiyin o'yin?

- Barchasi og'ir o'tdi, bugun ham, Qarshida ham oson bo'lmagan o'yin o'tkazdik. Yana bir marta takrorlayman, O'zbekiston chempionati - yuqori darajadagi liga, bu erda oson o'yin yo'q. SHunchaki o'tirib olib tomosha qilinadigan o'yinlar bo'lmadi. Barcha o'yinlar qiyin o'tdi. Eng qiyin Qarshida bo'ldi, biz munosib tarzda g'alabaga erishdik.


Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика