Aleksandr Krestinin "Lokomotiv"ga tayinlangani haqida fikr bildirdi
05 iyu 18:39
Yangiliklar
Aleksandr Krestinin "Lokomotiv"ga tayinlangani haqida fikr bildirdi
Bugun Aleksandr Krestinin "Lokomotiv" jamoasini boshqarishi aniq bo'ldi.
Rossiyalik mutaxassis Championat.asia saytiga ushbu tayinlov xususida fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Hozircha izoh beradigan hech nima yo'q. Aytishim mumkinki, muzokaralar juda tez o'tdi – bir necha kun ichida hammasi kelishib olindi. Biz darhol kelishuvga erishdik.
Maqsad – turnir jadvalida iloji boricha yuqori o'rinlarni egallash. Albatta, "Lokomotiv"ning hozirgi o'rnidan hech kim mamnun emas. Sal keyinroq rahbariyat bilan hammasini batafsil muhokama qilib olamiz".
Eslatib o'tamiz, Krestinin bungacha Qirg'iz Respublikasi terma jamoasi va "Bunyodkor" klubida ishlagan.
Rasmiy xabar: "Lokomotiv" Aleksandr Krestinin bilan kelishuvga erishdi
Fikrlar