So’nggi yangiliklar

02:02Валижон Раҳимов: "Андижон" ўз ўйинини топиб олади"  2 01:50Жавоҳир Сиддиқов: "Насаф" доимий соврин ютмоқда, бу ҳам ёқимли ҳолат"  1 01:32Илҳом Абдуғаниев: "Биргина пенальти барчасини ҳал қилди"  0 01:10Максим Шацких: "Насаф"дан қўрққанимиз йўқ. Истасангиз мени Хави деб атанг, менга фарқи йўқ"  2 00:42Усмонали Исмоналиев: "Иккинчи бўлимда ҳакамлар қандай ишлаганини тушунмадик. Пенальти йўқ эди"  15 00:27Рўзиқул Бердиев: "Биз Суперкубок ва Кубокда хет-трик қилибмиз-ку. Роналду катта эҳтимол билан бизни сотиб олса керак, биз уни эмас"  2 00:14Расман: "Барселона" ва Ямал шартномани узайтирди  1 23:44Абдувоҳид Неъматов: "Кимдир имконият берганида балки, пенальтини тепган бўлардим"  1 23:30Ўзбекистон Суперкубоги. "Насаф" - "Андижон" 1:0  0 23:15Бектемир Абдуманнонов: "Омад биз томонда бўлмади"  7 22:55Шерзод Насруллаев: "Бу ҳали бошланиши, бундай ғалабалар кўпроқ бўлишига ҳаракат қиламиз"  12 22:24Ҳусайн Норчаев: "Совринни ота-онамга бағишлайман"  8 21:55Иско финал олдидан қандай фикрда?  0 21:38"Насаф" - 2025 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби!  239 20:51Симоне Инзаги "Олтин тўп"ни ким олиши кераклигини айтди  10

Aleksandr Krestinin: "Ikkinchi bo'limda jonlandik. Hali ochkolar to'plashimizga ishonaman" Yangiliklar

Aleksandr Krestinin: "Ikkinchi bo'limda jonlandik. Hali ochkolar to'plashimizga ishonaman"

Superliga 16-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Lokomotiv" (3:1) uchrashuvidan so'ng "Lokomotiv" bosh murabbiyi Aleksandr Krestinin matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida

- Birinchi taymda o'yinimiz o'xshamadi. Ikki xil taym o'tkazdik. Ikkinchi bo'limda esa vaziyatni to'g'irladik.

- "Lokomotiv" jamoasi so'nggi g'alabasini aynan "Paxtakor"ga qarshi birinchi davra o'yinda qo'lga kiritgan edi. SHundan buyon jamoangiz g'alaba qozonmadi. "Lokomotiv" uzoq vaqtdan buyon g'alaba qozonmayotganining sababi nima?

- Men jamoa bosh murabbiyi etib tayinlangan vaqtimdan buyog'iga javobgarman. Biz taymlarni yaxshi o'tkaza olmayapmiz. Hujumlarimiz juda sekin, bunday o'yin bilan g'alaba qozonishning iloji yo'q. Sababi shu.

- Jamoa ikkinchi bo'limda yaxshiroq o'ynashni boshladi dedingiz. Haqiqatdan ham jamoangiz ikkinchi taymni ancha jonliroq o'tkazdi. Dastlabki daqiqalardanoq shunday o'ynashga nima halal berdi?

- Bu ruhiyatga bog'liq. Ushbu muammoning echimini topish ustida ishlamoqdamiz.



- Jamoaning natijalari yaxshi bo'lmagani tufayli bosh murabbiy o'zgargan edi. Hozir ham "Lokomotiv"ning ishlari yaxshi emas. Mavsum so'ngida jamoa ayni damda egallab turgan o'rnidan balandroqda bo'lishiga ishonasizmi?

- Albatta. Ikkinchi davradagi uchta o'yin o'tkazdik va faqatgina bugun mag'lub bo'ldik. "Olimpik"ga qarshi o'yinda esa g'alaba qozonishimiz kerak edi, ammo o'yin so'ngida o'tkazib yuborilgan gol tufayli g'alabani qo'ldan chiqardik. Ochkolar to'plashimizga ishonaman. Faqat ikkinchi bo'limdagidek o'yin namoyish etishimiz kerak.

- Birinchi davrada ham ruhiyat bilan muammolar bor deb aytib o'tgandingiz. Ushbu muammo qachogancha jamoangizga to'sqinlik qilishi mumkin?

- Faqatgina mehnat orqali ushbu muammo engib o'tishimiz mumkin. Mashg'ulotlar va o'zaro suhbatlar orqali ruhiyat bilan bog'liq kamchilikni enga olamiz. G'alaba qozonmayotganimiz bizga yomon tasir o'tkazmoqda.

- O'yin so'ngida yosh futbolchilarga imkoniyat berish vaqti kelgandi menimcha. Jamoa yozda bir nechta yosh futbolchilarni o'z safiga qo'shib oldi.

- Mamasidiqovni maydonga tushirdikku. Biz asosiy tarkibdagi futbolchilari charchab qolishganini sezganimizda yoshlarga imkon beramiz.



Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика