So’nggi yangiliklar

08:15Яна бир ТОП футболчи "Ал Насср"га ўтишга розилик берди  0 07:38Суперлига. Бугун Фарғона ва Самарқандда дахшатли ўйинлар бор  7 07:05"Кристал Пэлас" "Ливерпул"ни мағлуб этиб, ўз тарихида илк марта Англия Суперкубогини қўлга киритди  0 06:50Суперлига. "Сўғдиёна" "Машъал" устидан ишончли ҳисобда ғалаба қозонди  0 03:00“Пахтакор-79” хотирасига бағишланган шеър  3 02:07Гампер кубоги. "Барселона" "Комо"ни тор-мор этди, Фермин ва Ямал дубль қайд этди  15 00:16Бельгия Про лигаси. "Антверпен" "Ауд-Хеверле Лёвен"ни мағлуб этди, Ўринбоев янги жамоасида дебют қилди  8 23:58Ўртоқлик ўйинлари. "Челси" "Милан"ни, "Юве" "Боруссия"ни мағлуб этди, "Ал Насср" эса Ла Лига дебютантига таслим бўлди  4 23:20Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" илк турда ўз уйида йирик мағлубиятга учради, Алиқулов захирадан майдонга тушди  0 23:14Арне Слот мағлубиятга изоҳ сифатида: "Кристал Пэлас"га ўтган мавсумда битта гол ургандик, бу сафар иккита"  3 22:44Отабек Нарзуллаев: "Ғалаба учун келгандик, бироз омад етишмади"  1 22:26Иван Бошкович: "Об-ҳаво ҳам ўйинга таъсирини ўтказди"  1 21:53"Барселона" Кристенсен бўйича қарорини ўзгартирди  0 21:16"Кристал Пэлас" трансферларга катта пул ишлатган "Ливерпуль"ни мағлуб қилиб, Англия Суперкубогини қўлга киритди!  27 20:55"Ман Сити" Доннаруммага қизиқмоқда. Клуб "Галатасарой" билан келишуви бор Эдерсоннинг кетишига тайёргарлик кўрмоқда  0

Aleksandr Krestinin: "Biz "Lokomotiv" nomli sanatoriya emasmiz" Yangiliklar

Aleksandr Krestinin: "Biz "Lokomotiv" nomli sanatoriya emasmiz"

Superliga 13-turidan o'rin olgan "Neftchi" - "Lokomotiv" (1:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Aleksandr Krestinin matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida

- Bugungi ajoyib futbol atmosferasiga guvoh bo'ldim. Farg'onada birinchi marotaba bo'lishim. "Lokomotiv"ning kamsonli muxlislariga rahmat aytaman. O'yin ikki jamoa uchun ham qiyin kechdi. Raqibimiz ko'proq to'pga egalik qilgan bo'lishi mumkin, ammo biz natija uchun harakat qildik. "Neftchi" yaxshi shakllangan jamoa ekanligi bilardik. Bunday raqibga qarshi o'ynash oson emas.

- "Lokomotiv" jamoasining eng etakchi ikki futbolchisi Sanjar Tursunov va Anzur Ismoilovlar qaydnomadan joy olishmadi. Sanjar Tursunov bir necha kun avval ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida doktor qabulida ekanligini namoyish qilgandi. Ikki tajribali futbolchi jarohat oldimi yoki ertaroq tatilga chiqishdimi?

- Yo'q. Biz "Lokomotiv" nomli sanatoriya emasmiz. Anzur Ismoilov jarohat oldi. Sanjar Tursunovni haqida xabaringiz bor ekan. U oyog'idagi barmoqlaridan birini sindirib oldi. Jamoa o'yini aynan qaysidir futbolchilarga bog'lanib qolishi kerak emas. Bu futbol. Jarohatlarsiz mavsum o'tkazishning iloji yo'q.

- Superligadagi uchinchi o'yiningizni o'tkazdingiz. Jamoaning o'yinida o'sish sezmoqdasizmi?

- "Neftchi" juda kuchli raqib degan bo'lardim. O'yinimizda o'sish sezmoqdaman, ammo himoyada yaxshiroq harakat qilishimiz kerak. Raqib bugun etarlicha vaziyatlarga ega bo'ldi. Barchasi ustida ishlamoqdamiz. Yozg'i tanaffusdan yanada kuchliroq bo'lib qaytishimiz kerak.

- "Lokomotiv" jamoasi bugun to'liq ikkinchi raqam bo'lib o'ynadi. Bunga sabab nima bo'ldi? Jamoa o'yin mazmunini qurbon qilib, imkon qadar ko'proq ochko to'plash rejimiga o'tib olgandek.

- Fikringizga qo'shilmayman. Biz o'yin sifatini qurbon qilmayapmiz. Bugun "Neftchi" to'p egalik qildi va bizni maydon markazidan deyarli o'tkazmadi. Bu bizga bog'liq bo'lmagan faktor edi. Biz har bir uchrashuvda ochko ishlashga harakat qilamiz va bu uchun o'yin sifatidan kechib yubormaymiz. O'yin sifatini yozgi yig'inlarda yaxshilab olishga harakt qilamiz. Men hech qachon himoyaviy futbol tarafdori bo'lmaganman. Birinchi bo'limda xatolarimiz sabab ko'p hujumlarga o'ta olmadik. Ikkinchi bo'limda esa ancha ishonchli o'yin namoyish etdik. Safardagi uchrashuvlarda raqibning o'yiniga ko'proq moslashishga to'g'ri keladi. Bugun "Neftchi"dan to'pni olib qo'yish juda qiyin masala edi.

- Bugun JCH-2026 saralashi uchinchi bosqichiga qura tashlandi. Siz uzoq vaqt faoliyat olib borgan Qirg'iziston terma jamoasi O'zbekiston bilan bir guruhdan joy oldi. Ushbu guruh haqida fikrlaringizni bildirib o'tsangiz.

- Daraja bo'yicha O'zbekiston ustunroq. Biroq ikki qo'shni jamoalarning o'yinida har narsa sodir bo'lishi mumkin. Bishkek va Toshkentdagi o'yinlar ikki terma jamoa uchun ham oson kechmasligi aniq.

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика