Aleksandr Kit: "Yigitlarga rahmat!"
18 apr 2016 18:42
Yangiliklar


Aleksandr Kit: "Yigitlarga rahmat!"
O'zbekiston Birinchiligining 3-turidan o'rin olgan "Oq-tepa" - "G'ijduvon" (3:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar ustozi Aleksandr Kit o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
- Avvalo yaxshi o'yin uchun futbolchilarga minnatdorchilik bildiraman. Yigitlar bugun maydonda g'alaba uchun borini berib harakat qilishdi. Ketma-ket uchralgan mag'lubiyatlardan so'ng bizga g'alaba kerak edi. Mana bugun nafaqat g'alaba qozondik, balki yirik hisobda yutdik. O'ylaymanki, shu ruhda davom etamiz. Jamoamiz sekin-asta o'z o'yinini topib boryapti, deya olaman. Nasib qilsa, buyog'iga natijalar yaxshilanib boraveradi, - deydi murabbiy.
"Oq-tepa" matbuot xizmati
O’xshash yangiliklar

Fikrlar