So’nggi yangiliklar

00:51Забарний "Борнмут"га ПСЖга ўтмоқчи эканини айтди, ҳимоячи учун 70 млн евро талаб қилишмоқда  1 00:25"Манчестер Сити"нинг 70 млн евролик бўлажак трансфери тиббий кўрикдан ўтди  2 00:00Миллатлар лигаси. Португалия ва Испания бош соврин учун кураш олиб бормоқда (онлайн ҳисоб)  70 23:50Жоб Беллингемнинг янги клуби маълум  0 23:22"Байер" Вирцни 140 млн евро эвазига "Ливерпуль"га сотадими?  2 22:35Қатар терма жамоаси Тошкентга етиб келди  6 22:15Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон ва Россиянинг 21 ёшгача бўлган жамоалари ўртасидаги ўйинда 9 та гол урилди  42 22:10Ўзбекистон кубоги. "Динамо" 1/8 финалнинг илк ўйинида "Лочин"ни тор-мор этди  12 21:43Ўзбекистон терма жамоасининг бугунги машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 21:34Аарон Ремзи фаолиятини Мексикада давом эттиради  1 21:10Абдулла Абдуллаев: "Энди янада юқори мақсадлар қўйиб, мундиалда яхши натижалар қайд этишга ҳаракат қиламиз"  11 20:44Ўзбекистон U-16 назорат ўйинида Россия U-16га йирик ҳисобда мағлуб бўлди  16 20:24Одил Ҳамробеков: "Нималар қилиб қўйганимизни тўлиқ ҳис қила олмаяпман"  13 20:00УЕФА Миллатлар лигаси. Франция учинчи ўрин учун баҳсда Германияни мағлубиятга учратди  28 19:54Про лига. "ФарДУ" ва "Арал" ўртасидаги ўйин тақдирини ягона гол ҳал қилди  5

Aleksandr Geynrix: Ordabasida qolishim masalasi hali ochiq Yangiliklar

Aleksandr Geynrix: Ordabasida qolishim masalasi hali ochiq

Ha, Aleksandr Geynrix yana o'zini ko'rsatdi - KXDR termasi darvozaboni bilan birga-bir vaziyatga chiqib borib, chiroyli gol urdi.

Bu 31 yoshli hujumchining milliy jamoadagi yubiley 30-aniq zarbasidir. SHu joyda takidlash lozim, KXDR termasi bilan o'yinda Igor Sergeev milliy jamoamiz safidagi gollari sonini 10taga, Odil Ahmedov esa 15taga etkazib qo'ydi. Biz jamoamiz vakillari Qatarga (Yaman termasi bilan o'yin uchun) jo'nab ketishlari oldidan tajribali va omadli hujumchimizdan maxsus intervyu ham oldik. Yodingizda, albatta, aynan Geynrixning yagona goli Toshkentda yamanliklarni mag'lub etishda qo'l kelgandi. O'shanda ham Sasha zaxiradan o'yinga qo'shilib, jarima zarbasidan ajoyib gol muallifiga aylangandi.

- Sasha, avvalo, KXDR termasiga qarshi kechgan uchrashuv haqidagi fikrlaringiz bilan o'rtoqlashsangiz.

- Gol urganim tasodifmi? Bilmadim, ochig'i, bu men uchun unchalik muhim emas. Asosiysi, terma jamoamiz birinchi darajali raqibi ustidan ishonchli tarzda g'alabaga erishdi. Yaman va KXDR termalari darvozasiga urgan gollarim jamoa-mizning yutug'iga zamin yaratgan ekan, bag'oyat xursandman. SHunchaki, o'z vazifam va majburiyatimni bajardim. SHu o'rinda bizni stadionda bemisl qo'llab-quvvatlab turishgan muxlislarimizga minnatdorchilik bildiraman. G'alabada ularning hissalari ham katta. Ochig'i, stadion bunchalik to'lishini kutmagandik. G'alabalarimiz bilan ishqibozlarni yana stadionga qaytara boshlaganimizdan mamnunmiz. O'yin suratini oshirganimizdan keyin koreyaliklar himoyada xatoga yo'l qo'ya boshladilar. Aynan shu hol qo'l keldi va raqib darvozasini  3 marotaba ishg'ol qildik. Agar yuzaga keltirilgan vaziyatlardan yanada unumli foydalanganimizda, hisob bundan ham yirik ko'rinish olardi.

- Endi Yaman termasi bilan o'yindan nimalar kutyapsiz?

- Oson o'yin bo'lmaydi. Bu aniq. Qarang, Yaman termasi Manilada filippinliklarni mag'lub etish uddasidan chiqibdi. O'zi bo'lajak raqibimiz o'yinlariga etibor qaratsak, uning mehmonda yaxshiroq harakat qilishi oydinlashadi. Toshkentdagi o'zaro o'yinimiz bunga yaqqol misol. O'shanda yagona gol evaziga qiyin va murakkab g'alabani qo'lga kiritgandik. SHu bois, Yaman termasining Maniladagi g'alabasini tasodifga yo'ymagan bo'lardim. Biz bu o'yin videoyozuvini ko'rib, tahlil qildik. Toshkentdagi uchrashuv bilan taqqoslaganda, Yaman terma jamoasi tarkibida bir qator yangi futbolchilar o'ynashdi. Qolaversa, iqlim sharoitini ham inobatga olish zarur. Issiq va namgarchilik yuqori bo'lgan ob-havoda o'ynaymiz. Lekin bu g'alaba qozonishimizga to'sqinlik qilmasligi kerak. CHunonchi, ob-havoga moslashmay turib, maydonga tushamiz. Demak, iqlim o'zgarganini his qilmasak ham kerak...

- Hozirgi klubingiz - Ordabasi joriy mavsum evrokuboklarda ishtirok etish huquqini qo'lga kiritdi. Taassurotlar bir olam bo'lsa kerak...

- Albatta. Lekin bunga osonlikcha erishmadik. Qozog'iston chempionatida raqobat hozir juda keskinlashgan. Klublar o'z saflariga kuchli legionerlarni qo'shib olishyapti. Bundan tashqari, prem-er-liga o'yinlari ikki bosqichda o'tkaziladi. Bu ham o'ziga yarasha qiyinchiliklarni yuzaga keltiradi. Birinchi bosqich yakunlariga ko'ra, kuchli oltilikdan joy olishgan klublar ikkinchisida sovrinli o'rinlar uchun kurash olib borishadi. Yani 6-o'rindagi jamoada ham evrokuboklarga yo'llanma olish imkoniyati tug'iladi. So'ng-gi turda Qayrat mehmoni bo'lib, 0:2 hisobida yutqazganimizga qaramay, 29 ochko bilan 4-o'rin sohibi sifatida Evropa Ligasi yo'llanmasiga ega chiqdik. Endi kelasi yili EL birinchi saralash bosqichida o'z imkoniyatimizni sinab ko'ramiz. Astana klubi bu yil ham Qozog'iston chempioni bo'ldi. Qayrat kumush, Aktobe esa bronza medali sohibiga aylandi.

- Mavsum shaxsan siz uchun biroz omadsiz kechdi. Jarohatlar, qizil kartochkalar...

- Fikringizga qo'shilaman. Endi-endi sport formasiga kirgan payt jarohatlandim va buning natijasida ayrim o'yinlarda jamoamga yordam berolmadim. Keyin qizil kartochkalar pand berdi. Bularning hammasiga klub yig'inlarida jarohat sabab, ishtirok etolmaganim sababdir.

- Qozog'iston chempionatining hozirgi formati haqida qanday fikrdasiz? Ikki davrali tizim o'zini oqlayaptimi?

- Ha, oqlayapti. CHempionat yildan-yilga kuchayib boryapti. Qozog'istonning UEFA tarkibiga kirganiga bir necha yil bo'ldi. Mana, bu sekin-asta o'z mevasini bera boshladi. Astana jamoasining ECHLdagi muvaffaqiyatli ishtiroki fikrimga isbot. Baribir, Evropa futboli dunyodagi eng kuchlisi. Klublarning moliyaviy holatlari ham yaxshilanib boryapti. Deylik, bu yil Qozog'iston chempionatida Ukraina futboli yulduzi - Anatoliy Timoshuk o'ynadi. Bunday ko'zga ko'ringan futbolchilar etakchi klublar tarkibida etarlicha topiladi. Aytmoqchimanki, legionerlarni ham chertib-chertib olishyapti.

- Kelasi mavsum ham Ordabasida qolasizmi?

- Bu borada hali bir qarorga kelmadim. Yaman termasiga qarshi o'yinni o'tkazib olganimizdan keyin bu haqda obdon o'ylashga vaqt bo'ladi...

Kamoliddin ALIMOV suhbatlashdi

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика