Aleksandr Geynrix faoliyatini yakunladi

15 mar 2018, 15:26
33 yoshli o'zbekistonlik hujumchi Aleksandr Geynrix futbolchilik faoliyatini yakunladi.

Geynrix "Aktobe" jamoasida selekcioner murabbiy lavozimida ish boshladi, deya xabar bermoqda KazFootball.kz.

Toshkentning "Paxtakor" jamoasi sobiq futbolchisi professional faoliyatini 2001 yili "Do'stlik" jamoasida boshlagan. U "Paxtakor", "Lokomotiv", SSKA va "Torpedo", "Suvon Samsung Blyuvings", BAAning "Emireyts" Qozog'istonning "Aktobe" va "Ordabasi" jamoalarida faoliyat olib borgan.

Geynrix Qozog'iston Premer-ligasida 110 uchrashuvda maydonga tushgan va raqiblar darvozasini 28 bor ishg'ol qilgan. O'zbekiston milliy terma jamoasida 98 uchrashuvda maydonga tushga va 31ta golga mualliflik qilgan.


O'xshash yangiliklar


Manba: KazFootball.kz