So’nggi yangiliklar

21:28"Хоразм" августдан бошлаб уй ўйинларини вақтинча Олмалиқда қабул қилади  2 20:57Шкриньяр "Фенербахче" билан 4 йиллик шартнома имзолайди  0 20:21"Пахтакор" ва "Локомотив" ўртасидаги назорат ўйинида тўртта гол урилди  3 19:57"Нефтчи" футбол клубининг қароргоҳида очилиш маросими бўлиб ўтди  6 19:28Рэшфорд "Барселона"га ўтиш арафасида  4 18:55"Реал" икки футболчи билан шартномани узайтирмоқчи  0 18:25Муҳаммадали Ғиёсов "Нефтчи" билан хайрлашди  5 17:50"Манчестер Сити" юлдузи "Галатасарой"га ўтиши мумкин  0 17:15"Реал" Родригони 100+ млн еврога сотишга тайёр. Футболчига АПЛнинг икки клуби қизиқиш билдирмоқда  12 16:50"TNT Sports" "Олтин тўп" учун асосий даъвогарлар рейтингини тузиб чиқди  21 16:25Обамеянг собиқ жамоасига қайтмоқда  0 16:00МТЖни мундиалга ким олиб бориши керак?  46 15:41Тен Хаг: "Мавсумолди йиғиндаги натижаларга тупурдим"  4 15:26Андрей Лунин "Реал"даги келажагини ҳал қилди  0 14:40Тома Табатадзе "Нефтчи" билан ҳайрлашди  8

Aleksandr Geynrix: "Neftchi" uchun xursandman" Yangiliklar

Aleksandr Geynrix: "Neftchi" uchun xursandman"

Ayni paytda Qozog'istonning "Ordabasi" klubida faoliyat olib borayotgan Aleksandr Geynrix bilan qisqacha suhbat qurdik.
- Siz to'p tepayotgan "Ordabasi" o'tkan yili mavsumni beshinchi o'rinda tugatgan edi, bugun esa favoritlar qatoridasizlar...
- Boisi 2014 yilgi tarkib saqlangan holda, ayrim nuqtalar kuchaytirilgan. Barcha nuqtalarda raqobat kuchli, shuning uchun bo'lsa kerak natija ham bo'lyapti. Murabbiyimizda ham gap katta.

- Hozircha chempionatni mag'lubiyatsiz davom ettirayapsizlar. Lekin duranglar ko'payib ketgandek...
- Bunga o'zimiz aybdormiz. Bazida g'alabani ushlab qola olmayapmiz, bazida esa gol urolmadik.

- Bir necha o'yindan keyin bu klubdagi ilk golingizni ham urdingiz, "Okjetpes" bilan o'yinda esa jamoangizga g'alaba keltirdingiz...
- Men uchun bu muhim emas, muhimi jamoa yutsin va men o'sha o'yinga o'z hissamni qo'shay.



- "Lokomotiv"ning sobiq futbolchisi sifatida, ularning OCHLdagi o'yiniga nima deya olasiz?
- Jamoa OCHL guruh bosqichida ilk marotaba o'ynaganligi uchun hech nima kutmagan edim. SHunday ekan katta sovrinlar haqida o'ylashga erta deb o'ylayman.

- Qozog'iston nashrlarida pasportingiz bilan muammo bo'lganligi haqida o'qidik, nima bo'lgan edi?
- Registraciya muddatim o'tib ketgan ekan. Hozir hammasi joyida.

- CHimkent Toshkentdan uncha uzoq bo'lmagan shahar, huddi O'zbekistonda yurgandek bo'lyapsizmi?
- CHimkentda o'zimni yaxshi his qilyapman. O'zbeklar ko'pligi va ularni menga bo'lgan munosabatlari kishini quvontiradi. Albatta boshqa davlatda ham senga ishqibozlik qiladigan kishilarning borligi yoqimli.

- Nima uchundir "Ordabasi"ning saytida siz yarim himoyachi sifatida qayd etilgansiz?
- Hujum ortida to'p tepyapman, yani ikkinchi hujumchi rolida.

- Bugun "Paxtakor" - "Neftchi" qarama-qarshiligi bo'lib o'tadi. CHempionatimizning yuqori o'rinlaridagi tafovut ham kamaygan.  "Neftchi" - "Paxtakor" o'rtasidagi qaysi o'yinlar ichidagi eng esda qolarlisi yodingizdami?
- "Paxtakor" sharafini himoya qilganimda "Neftchi" biz uchun umuman boshqa jamoa edi. Ularga qarshi barcha o'yin qiziq kechgan. Ayniqsa Farg'onada qiyin bo'lardi. Albatta men futbolchi sifatida, "Neftchi"ni yana avvalgi o'rinlariga qaytayotganidan xursandman.


Nodirxo'ja Yuldashev suhbatlashdi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика