So’nggi yangiliklar

15:57Эдди Хау МЮда ишлаши ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди  0 15:30Расман: "Навбаҳор" Абдураҳмонов трансферини эълон қилди  1 15:02"Металлург" катта футболга қайтиш арафасида  7 14:41Бугунги ўйинлар: "Арсенал" — "Ливерпуль", Франция Суперкубоги ва бошқалар  0 14:19"Сурхон" Февзи Давлетов ва Алексей Николаев билан ҳамкорлик якунланганини эълон қилди  5 14:00Балотелли фаолиятини БААда давом эттиради  0 13:32"Андижон" ҳужумчиси Озарбайжонга йўл олди  2 13:05"Локомотив" Чехия Кубоги финалчиси билан ўйнайди  1 12:38Расман: Шерзод Эсанов "Бухоро" футболчисига айланди  9 12:20МТЖ 5 майдан йиғин ўтказади ва Суперлиганинг етакчи клубларига қарши ўртоқлик ўйинларида қатнашади  3 11:58​"Пахтакор" Риаскос, Абдихолиқов ва яна 4 нафар футболчи билан хайрлашганини маълум қилди  10 11:35"Навбаҳор"га РПЛда ўйнаётган ҳимоячи келмоқда  12 11:08Расман: Дмитрий Плетнёв — "Бунёдкор" футболчиси!  3 10:44"Навбаҳор" футболчиси "Қўқон-1912" ўтиши мумкин  1 10:18Санжар Қувватов: "Пахтакор"дан таклиф тушганида ўйлаб ҳам ўтирмадим"  7

Aleksandr Geynrix: Loko rahbariyati bilan chiqishmay qoldik va o'zaro kelishuvga ko'ra jamoani tark etdim Yangiliklar

Aleksandr Geynrix: Loko rahbariyati bilan chiqishmay qoldik va o'zaro kelishuvga ko'ra jamoani tark etdim

"Lokomotiv"ning sobiq hujumchisi Aleksandr Geynrix Qozog'istoning Ordabasi jamoasi bilan rasman shartnoma imzolaganidan so'ng klub saytiga intrevyu berdi.
- "Yangi mavsumga Toshkentning "Lokomotiv" jamoasi bilan taraddud ko'rayotgan edim. Biroq klub rahbariyati bilan chiqishmay qoldik va keyinchalik o'zaro kelishuvga ko'ra jamoani tark etdim. SHunga qaramasdan Toshkentda o'z sport formamni ushlab turishga harakat qildim. SHundan so'ng "Ordabasi" klubidan rasman taklif tushdi va men bu chorlovni xursandchilik bilan qabul qildim. "Ordabasi"ning Evropa ligasida o'ynashi bu katta plyus. Bu narsa men uchun ham katta chorlov bo'ladi. Futbolchi sifatida ushbu nufuzli turnirda munosib qatnashishga harakat qilaman. SHuningdek, jamoamiz uchun ham bu juda muhim musobaqa bo'ladi", - deya o'z fikrlarini bildirib o'tdi Aleksandr Geynrix.

- Bazi OAVda sizga "Irtish" jamoasi ham qiziqish bildirayotganligi haqida xabarlar paydo bo'lgandi?
-
Men "Lokomotiv" yig'inlarida qatnashayotganimda pavlodarliklardan qiziqishlar bo'lib turgandi. Ammo rasmiy taklif bilan menga murojaat etishgani yo'q.


- Viktor Kumikov bilan tanishmisizlar?

- SHaxsan tanish emasman, lekin ushbu mutaxassis haqida ko'plab malumotga egaman. Viktor Kumikov o'z vaqtida O'zbekiston chempionatida ham faoliyat yuritgan va ish uslubidan qisman xabardorman. Ancha qattiqqo'l va talabchan murabbiy deb bilaman.


- "Ordabasi" futbolchilaridan kimlarni taniysiz?

- Ko'pchiligi bilan tanishman. Ayniqsa Andrey Sidelnikov bilan yaqin do'stmiz. Bizning oilaviy bordi-keldimiz bor. Andrey mening eng yaxshi do'stlarimdan biri. "Ordabasi"da birga o'ynashimiz bu ham bir plyus bo'ladi. Mening asosiy maqsadim - bu jamoamning har bir turnirda munosib ishtirok etishi va g'alabalarni qo'lga kiritishi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика