So’nggi yangiliklar

00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  3 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  2 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  4 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  12 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  8 22:44Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ легионери терма жамоа ихтиёрини вақтинчалик тарк этди  18 22:22Ўртоқлик ўйини. Бразилиялик футболчини кўрикдан ўтказаётган "Динамо" "Бунёдкор"ни мағлуб этди  6 22:05"Ювентус" ўз футболчисини "Борнмут"га 18 миллион еврога сотади  1 21:48"Реал" Кепа эвазига Лунинни "Челси"га қўйиб юборишга тайёр  2 21:31Гвардиола "Реал Мадрид" футболчилари "Олтин тўп"га фаворит эканлигини айтди  20 21:14Франциянинг 6 карра чемпиони профессионал клуб мақомидан маҳрум қилинди  5 20:57УEФА Евро-2024 ўйинларида мухлисларни ирқчилик ва камситувчи хатти-ҳаракатлари учун етти давлатни жаримага тортди  3 20:30Назорат учрашуви. Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Суперлига клубига ютқазди  2 20:13Париж-2024. Рақиб футбол жамоаси машғулот майдонига дрон учирган мамлакат ходимлари турнирдан четлатилди  0 19:55Азмун БАА клубига ўтади  13

Aleksandr Gackan: Rostov kosmosni zabt etadigan raketa Yangiliklar

Aleksandr Gackan: Rostov kosmosni zabt etadigan raketa

Rostov sardori Aleksandr Gackan uchun Rossiya chempionatining dastlabki turlari omadsiz kelgandek.

CHunki, u to'rtta uchrashuvda ikki marta maydondan chetlatildi. Xabaringiz bor, rostovliklar joriy mavsumda CHempionlar Ligasining guruh bosqichida ishtirok etishadi. Jamoa turnirdagi dastlabki uchrashuvini Myunxenning Bavariyasiga qarshi o'tkazdi. Ana shu o'yin oldidan futbolchi intervyu berdi.

- SHahar kunini qanday nishonladinglar? Qaerda edingiz, nimalarni ko'rdingiz?


- Oilam bilan markazni aylandim. Keyin Kalachyov bilan restoranda o'tirdik. Salyutga bordik. Qisqasi, bizga yoqdi.

- Uch oylik o'g'lingiz ham birgamidi?


- Yo'q. U enagasi bilan parkda edi. Uning o'z kun tartibi bor.

- Nima uchun o'g'lingizga Leonardo deb ism qo'ygansiz?


- Milanni aylanib yurganimizda xayolga kelib qolgan. Turmush o'rtog'imga bu ism yoqib tushgan. Qarorimizga futbolchi Leonardo ham, aktyor Di Kaprio ham sababchi bo'lishmagan.

- Rostov bir yildan oshiq vaqt mobaynida o'z maydonida mag'lub bo'lmayapti. Bunga stadiondagi energetika yordam ber­yaptimi?


- Energetikaning o'rni bor. Odamlar ham futbolchilarga nisbatan mehribon bo'lib qolishgan. Buning ustiga jamoamiz bir yoqadan bosh chiqarmoqda.

- To'rtta o'yinda ikkita chetlatish. Hakamlar sizni yoqtirmay qolishganmi?


- Bilmasam, ularning o'zidan so'rash kerak. Menimcha, qizil kartochkalar nohaq berildi. Boshqa kuchli jamoalarga qaraganda, bizning o'yinlarimizni biroz bosh­qacha boshqarishadi.

- Sizningcha, nechta kartochkani nohaq berishdi?


- To'rtta sariq kartochkadan ikkitasi 100 foiz nohaq berildi. Ularning ikkisi ham bir o'yin­dagi ikkinchi sariq edi.

- Bu bilan o'rtamiyona klublarga boy jamoalarga qaraganda past nazar bilan qarashadi demoqchimisiz?


- Buni masul shaxslar o'ylashsin. Mazkur masalani muhokama qilmoqchi emasman.

- Peterburgdagi qizil kartochka Rostovning o'yiniga salbiy tasir o'tkazdimi?


- Agar to'liq tarkibda o'ynaganimizda ular hatto bitta gol ham ura olishmasdi.

- Bashtush va Novoselcevlarning yo'qotilishi jamoaning himoyasiga jiddiy tasir o'tkazdimi?


- Har bir futbolchining yo'qotilishi tasir o'tkazadi. Rostov uchun har bir o'yinchi muhim. Terekka qarshi o'yinda hamma ham o'z chizig'ida o'ynamadi. Natijada, ancha qiynaldik. Umid qilamanki, keyinchalik bunday muammolarga duch kelmaymiz.

- Sardor sifatida yangi futbolchilarga yordam berasizmi?


- Kerak bo'lganda yordam beraman. Prepelice bilan rumin tilida gaplashaman. Mixa sloveniyalik va u ham rumin tilini tushunadi.

- Papa Guye Ukrainadagi faoliya­ti davomida rus tilini o'zlashtirganmi?


- Ha. U bilan umumiy tanishimiz bor. Bordiyan Xarkovda Papa bilan etti yil birga o'ynagan. Ular men orqali bir-birlariga salom yo'llashadi.

- Rostov futbolchilari Bashtush va Novoselcevlarning transferidan so'ng moliyaviy holat yaxshilanganini his qilishdimi?


- Moliyaviy holat haqida gapirishni istamasdim. Bu savollarni rahbariyatga bergan maqulroq.

- Berdiev vice-prezident lavozimini egallaganidan so'ng mash­g'ulotlar jarayonida ishtirok etmayaptimi?


- Odatdagidek Dmitriy Sergeevich mashg'ulotlarni olib bormoqda. Qurbon Bekievich esa kuzatadi. Agar kerak bo'lsa qo'shimcha kiritadi.

- Amsterdamda Berdievning kiyinish xonasiga kirganini inkor etmassiz?


- Kirdi va Barcha sizlarga ishonadi. Natija ko'rsatinglar, dedi.

- Berdievning ketishi haqidagi gap-so'zlar tasir o'tkazdimi?


- Bu haqda elon qilishganida jamoa asabiylashdi. Buni Ural­ga qarshi o'yinimizni ko'rganlar sezishgan bo'lsa kerak. Lekin vaziyatdan chiqib ketish uchun bir-ikki kun kerak bo'ldi, xolos.

- Yozgi transferlar bozori paytida Rostov etakchilariga qiziqishlar ko'p bo'ldi. Sizga boshqa jamoalardan takliflar tushdimi?


- Menga hech kim murojaat qilmadi.

- Bavariya SHalkeni mag'lub etganini ko'rdingizmi?


- Ha.

- Taassurotlar qanday?


- Yaxshi jamoa, yulduzlar.

- Uch yil oldin Leonid Sluckiy Bavariya - bu kosmos degandi.


- Haqiqatan ham kosmos.

- Unda Rostov nima?


- Rostov - kosmosni zabt etadigan raketa.

- Terma jamoa safida Robert Levandovskiga qarshi o'ynagansiz. U sizga yoqqanmi?


- Yaxshi futbolchi. Lekin terma jamoada klubdagichalik o'yin namoyish qila olmaydi.


J.BOBOXONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика