So’nggi yangiliklar

20:01"Челси" "Ювентус" етакчиси учун 66 млн евро таклиф этди ва рад жавобини олди  1 19:39Гвардиола Родрининг янги жароҳати ҳақида: "Биз унга ғамхўрлик қилишга ҳаракат қилдик, аммо бўлар иш бўлди"  1 19:16Шенсни "Барселона"да биринчи марта мағлубиятга учради   1 18:55Уругвай терма жамоасининг Ўзбекистонга қарши ўйин учун қайдномаси маълум  19 18:27Ўзбекистон терма жамоаси машғулотларга киришди   13 18:16Алонсо Килиан Мбаппе жароҳат олганини маълум қилди  6 17:51Вальверде Ўзбекистон билан ўйинда қатнашмайдими?  0 17:24Фабио Каннаваро: "Шуни айта оламанки, мунидалдаги темп шунчаки даҳшатли" (матбуот анжумани)  53 17:16Ўзбекистонда ФИФАнинг Марказий Осиёдаги офиси иш бошлайди  3 17:07ЎФА Лёв ва Бенту билан музокаралар ўтказганини очиқлади  3 16:39"Эвертон" япониялик ярим ҳимоячини сотиб олмоқчи  0 16:18Расман: Фабио Каннаваро – Ўзбекистон терма жамоаси бош мураббийи!  52 15:52Конте: "Бу йил "Наполи" учун қийин бўлади"  2 15:23Гвардиола: "Умид қиламанки, футболчилар терма жамоадан соғлом қайтишади"  0 14:55"Сўғдиёна" Ғузорда "Шўртан" устидан ғалабани тантана қилган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0

Aleksandr Ejov: "Xorazm"ga yordam berish maqsadida qaytdim" Yangiliklar

Aleksandr Ejov: "Xorazm"ga yordam berish maqsadida qaytdim"

Pro liga 6-turidan o'rin olgan "Xorazm" - "Istiqlol"(0:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Aleksanr Ejov fikrlarini bildirib o'tdi.




"Yigitlar hayajonlangani sezilib turdi. CHunki, bir necha uchrashuvdan beri g'alaba qozona olishmayapti. Ishlashda oldinga intilishda davom etamiz. Futbolchilar bilan gaplashib olamiz, bizga g'alaba kerak. "Istiqlol"ni g'alaba bilan tabriklayman. Yutsa jamoa yutadi, mag'lubiyatga doim murabbiy aybdor bo'ladi. Qisqa vaqt ichida tayyorgarlik ko'rdik. Ishlashda davom etamiz, "Xorazm"da futbol o'smoqda. Yigitlar bilan bo'lajak rejalar, maqsadlar haqida gaplashamiz. Biz hozir bir muncha qiyin holatdamiz, vaziyatni o'nglashga harakat qilamiz.

Himoyadagi harakatlarimizda ko'p xatolarga yo'l qo'ymoqdamiz. Birinchi galda himoyadagi muammolarni hal qilishimiz kerak. Boisi oldingi o'yinlarga nazar solsak juda ko'p gol o'tkazib yuborganmiz. Qisqa vaqt ichida har tomonlama tayyor holatga kelishimiz lozim. Muxlislar "Xorazm"dan g'alabalar kutishmoqda, mavsumni bunchalik yomon boshlamaganmiz ilgari.

Biz qoraqalpoqlik yoki boshqa deb ajratmaymiz. Hammamiz O'zbekiston fuqarosimiz. Bugun harakat qilgan qoraqalpog'istonlik futbolchilarga etirozim yo'q, yaxshi o'ynashdi. Faqat jismoniy tomondan kamchiliklar bor. Ishlaymiz, oldinga qarab harakat qilamiz. O'z vaqtida bu viloyatdan ko'p yulduz futbolchilar etishib chiqqan. Nematulla Quttiboev, Maqsatulla Quttiboevlarni hurmat qilaman. Damir Nizanov texnik tomondan yomon futbolchi emas. Faqat jismoniy holatini yaxshilashi kerak. Bu umumiy jamoaga

"Oq-tepa" jamoasi rahbarlari G'anisher aka SHog'ulomov, Alisher SHog'ulomovga vaziyatni to'g'ri tushunib meni qo'yib yuborishgani uchun rahmat aytaman. "Xorazm"ga yordam berish maqsadida, turnir jadvalidagi holatimizni yaxshilash uchun keldim",- deydi Ejov.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика