Aleksandr Ejov: Xorazm uchun Dinamo bilan durang g'alabaga teng
29 apr 2018 15:07
Yangiliklar
Aleksandr Ejov: Xorazm uchun Dinamo bilan durang g'alabaga teng
Dinamo - Xorazm (1:1) uchrashuvidan keyin urganchliklar bosh murabbiyi Aleksandr Ejov o'yin borasida to'xtaldi.
«Bugun Samarqanddan ochko bilan qaytishni maqsad qilgandik va buni amalga oshira olganimizdan juda xursandmiz. «Xorazm» uchun «Dinamo» bilan durang g'alabaga teng. O'yinni kuzatish uchun Samarqandga rahbarlarimiz ham kelishgandi, natija bilan barchamizni tabriklashdi. Safardagi ikki o'yinda ham himoyada yaxshi o'ynab, ochko oldik. Bugun ayniqsa «Dinamo»ning tinimsiz hujumlarini sovuqqonlik bilan qaytara olganimizdan mamnunman. Oldimizda aniq vazifa bo'lmasada, imkonqadar xorazmlik muxlislarni xursand qilishda davom etamiz» - deydi «Xorazm» bosh murabbiyi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar