Aleksandr Ejov: "Transferlar oynasida imkoniyatimizdan kelib chiqib ish tutamiz"
14 iyu 2021 13:01
Yangiliklar
Aleksandr Ejov: "Transferlar oynasida imkoniyatimizdan kelib chiqib ish tutamiz"
Pro liganing 11-turidan o'rin olgan "Xorazm" - "Aral Samali" (1:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar ustozi
"O'yin haqida gapirish qiyin. Bugun yutishimiz yoki yutqazishimiz ham mumkin edi. Oldinga intilishda davom etamiz. Yutqazsa murabbiy yutqazadi, g'alaba jamoaniki. Barcha aybni bo'ynimga olaman. To'xtab qolish yo'q. Hozirda kimnidir ayblash niyatim yo'q. Birinchi bo'limda yaxshi o'ynadik. Lekin uchrashuvning navbatdagi qismida o'yinni topshirib qo'ydik. Qaerdadir nimadir etishmadi. "Aral Samali" yaxshi jamoa. Ularga omad tilayman. Moliyaviy holat haqida gapirishni istamayman. Bu jamoani ichidagi vaziyat. Transferlar oynasida yangi futbolchilar olishimiz moliyaviy holatimizga bog'liq. To'g'ri hamma bizdan natija talab qilmoqda, Superligaga chiqishimizni istashmoqda. Imkoniyatimizdan kelib chiqib ish tutamiz",- deydi Ejov.
Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Fikrlar