So’nggi yangiliklar

19:20U-23 Осиё Кубоги. Ўзбекистон U-23 - Ливан U-23 1:0 (матнли трансляция)  23 18:59Осиё Кубоги U-23. Ўзбекистон жой олган гуруҳда Жанубий Корея ва Эрон муроса кўчасини танлади  2 18:49"Пахтакор" янги мавсумга тайёргарликни бошлади  2 18:30Испания Кубоги 1/8 финалига қуръа ташланди  1 17:44"Хоразм" сербиялик дарвозабон билан шартнома имзолади  1 17:06"Пахтакор"нинг ироқлик легионерлари визасини янгилай олмаяпти  8 16:45Тони Пулис: "Агар имконият берилса, Флетчер МЮ учун энг яхши мураббий бўлиши мумкин"  2 16:17Абдуқодир Ҳусанов сайёранинг энг тезкор 10 нафар футболчиси қаторига кирадими?  2 15:05Тимур Кападзе: "Ўйлайманки, "Навбаҳор"да молиявий муаммолар бўлмайди"   17 14:45"Бунёдкор" хорватиялик легионер билан хайрлашди  1 14:20Забиҳилло Ўринбоев: "Ўтган йилги ички муаммоларни ҳозир айтиш нотўғри. Хатолардан хулоса чиқарамиз"  1 14:02МЮ вақтинчалик мураббий масаласида Сульшер ва Кэррик билан учрашув ўтказади  6 13:35Неймар ва "Сантос" шартномани 2026 йил якунига қадар узайтиришди  0 13:02Бугунги ўйинлар: Ўзбекистон U-23 — Ливан U-23, Ҳусанов “Сити” билан уйда ва бошқалар  3 12:56Месси ижтимоий тармоқлар ҳақида: "Гоҳида кимдандир "отписка" қилишни хоҳлайман, лекин бунинг оқибатларини биламан"  13

Aleksandr Ejov: "Qo'l ostimdagi yigitlar bundan ham ko'prog'ini amalga oshira oladi" Yangiliklar

Aleksandr Ejov: "Qo'l ostimdagi yigitlar bundan ham ko'prog'ini amalga oshira oladi"

Teglar :  XorazmZomin
Pro liganing so'nggi hal qiluvchi turida "Xorazm" o'z maydonida "Zomin"ni qabul qildi va 2:0 hisobida g'alaba qozondi. Uchrashuvdan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Aleksandr Ejov fikrlarini bildirib o'tdi.

"Og'ir o'yin bo'ldi. Bosim bor edi. Hozir hissiyotda nima deyishga ham hayronman. G'alaba bilan yigitlarni tabriklayman. Ular bilan faxrlanaman. Har bir o'yinda borini berib o'ynashdi. 

Hozir qo'l ostimdagi yigitlar yanada yaxshiroq o'ynay olishadi, ko'prog'iga qodirlar. O'yindan qoniqish hosi qildim. Kamchiligimiz vaziyatlarni golga aylantira olmayotganimizda. Keyingi mavsumga munosib tayyorgarlik ko'ramiz. Umid qilamanki hammasi yaxshi bo'ladi. Menimcha yigitlar 60 foiz kuchini ko'rsatdi, ular bundan ham ko'prog'ini bajara oladi. 

Oldindagi rejalarim haqida biror narsa deya olmayman. Vaqt ko'rsatadi.

Biz har bir uchrashuvga jiddiy qaraymiz va raqibni o'rganib chiqamiz. "Zomin"ni durang ham qoniqtirishini va himoyadan harakat qilishini  bilardik. Futbolchilarimga vaziyatlarda etiborliroq bo'lishni aytdim. CHunki raqib qarshi hujumda gol urib ketishi mumkin edi. Bizning o'yinga o'z rejamiz bor. Timur Ismailovda vaziyatlar bo'ldi, Temur Bekchanovda ham qulay imkoniyat yuzaga keldi. 

Maydonda doim 12 o'yinchilarimiz yani muxlislarimizning daldasini his qilib to'p tepamiz. Bugun ham havo sovuq bo'lishiga qaramasdan ko'plab ishqibozlar tashrif buyurishdi. Ularga katta rahmat aytaman",- deydi Ejov.



Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика