So’nggi yangiliklar

09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  2 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  2 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  7 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  9 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  34 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  3 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  2 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  5 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  3 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  13 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  4 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  2

Aleksandr Ejov: "Pro ligada mavsumning birinchi golini "Xorazm" urganidan xursandmiz" Yangiliklar

Aleksandr Ejov: "Pro ligada mavsumning birinchi golini "Xorazm" urganidan xursandmiz"

Pro liganing 1-turidan o'rin olgan "Xorazm" - "Istiqlol" (2:1) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Aleksandr Ejov o'z fikrlarini bildirdi.




"Birinchi navbatda O'zbekiston xalqini Navro'z bayrami bilan tabriklayman. Bundan tashqari g'alabaga erishgan shogirdlarimni ham tabriklamoqichman. Stadionga kelgan barcha muxlislarga rahmat deyman, ular har bir o'yinda bizni shunday qo'llab turishadi. Qiyin o'yin bo'ldi, ammo yigitlar o'zlarini qo'lga olib g'alaba qozonishdi. Butun Xorazm ahlini g'alaba bilan tabriklayman.

Xudoga shukurki yangi futbolchilar jamoaga tezda qo'shilib ketishdi. Hech qanday muammo bo'lmadi.

Bu mavsum har bir o'yinda o'z oldimizga g'alaba qozonish vazifasi qo'yilgan.

Tarkibimizda ko'plab futbolchilarning jarohati bor. Sarvar Jumaniyazov o'ynmadi, Ro'zimboy Ahmedov va Farruh Haydarov esa kichik jarohat bilan o'ynashdi.

Ro'zimboy Ahmedovning holati haqida malumotiga ega emasmiz. SHifokorlar ko'rigidan keyin barchasini oydinlashadi. Quvonarlisi Pro ligadagi ilk golni aynan Ahmedov urishga erishdi. Bu mavsum yanada ko'proq gollar urishni istaymiz", - deydi Aleksandr Ejov.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика