So’nggi yangiliklar

18:59"Арсенал" "Барселона" ярим ҳимоячиси учун курашга қўшилди  1 18:52"Навбаҳор", "Динамо", "Бухоро"га жарима ва яна кўплаб қарорлар – Тартиб-интизом қўмитасининг навбатдаги йиғилиши тафсилотлари  5 18:29Эшитдик-да! Жамшид "Нефтчи"дан "Навбаҳор"га қайтмоқда  7 18:15"Арсенал" мухлислари Мадуэке трансферига қарши чиқишмоқда  3 17:46Абрамов, Алибоев, Неъматов ва Сергеев — Суперлигада 1-давранинг энг яхшилари  1 17:20Месси "Барселона" учун хайрлашув учрашувини янгиланган "Камп Ноу"да ўтказади  3 16:52Пенальтилар статистикаси: Биринчи даврада ким кўп пенальти тепди ёки умуман нуқтага ҳам яқинлашмади?  0 16:24Пулишич Саудия Арабистонига йўл олиши мумкин  3 15:57Ресан, Ратиньо, Цигер... Суперлиганинг 1-давра легионерлар рамзий терма жамоаси  4 15:42"Байер" ақшлик футболчини 35 млн еврога харид қилди  0 15:17Расман: Пиоли янги жамоасини қабул қилиб олди  0 14:29Сергеев, Дориев, Мозговой... Суперлиганинг 1-давра рамзий терма жамоаси  7 14:16Шойқулов "Андижон"дан кетди  2 13:46Итальян клуби Санчо учун МЮга 10+5 млн евро таклиф қилди  1 13:17"Ювентус" Рэшфорд билан шартнома имзоламоқчи  1

Aleksandr Ejov: "O'zimizning xatolarimiz evaziga mag'lub bo'ldik" Yangiliklar

Aleksandr Ejov: "O'zimizning xatolarimiz evaziga mag'lub bo'ldik"

Pro liganing 14-tur qoldirilgan "Xorazm" - "Neftchi" (0:3) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Aleksandr Ejov fikrlarini bildirib o'tdi.




"Fikrimcha yomon o'ynaganimiz yo'q. O'zimizning xatolarimiz evaziga mag'lubiyatga uchradik. "Neftchi" futbolchilarining mahorati yuqori ekanligi sezildi. Ularning bizga qaraganda kuchli ekanligini barcha bilardi. G'alaba bilan raqibl jamoani tabriklayman. Ikki jamoaning darajasidagi farq ham bilindi. Nima ham qilardik, ishlashda davom etamiz

Yigitlar qo'ldan kelgancha harakat qilishdi. Ayni paytda futbolchilarning darajasini solishtirib bo'lmaydi. Lekin hozir kim yaxshi o'ynadi yoki yomon o'ynadi ajratmoqchi emasman. Nafaqat futbolda, hayotda ham qiyin vaziyatlar bo'lib turadi. Mana shu holatdan chiqib ketishga harakat qilmoqdamiz. Biz sekin asta bosqichma-bosqich ko'tarilmoqdamiz.

Jamoamizda legionerlar yo'q. Futbolchilarning barchasi mahalliy yoshlar. Ular endigina 18, 19ga kirgan. Sekin-asta tajriba to'plab borishadi. Hammasi birdaniga bo'lmaydi. Vaqt kerak. Biz bilan yana bir necha nafar yoshlar mashg'ulot o'tkazmoqda. Bunday o'yinlarga ruhiy tayyorgarlik ham muhim. Oldinda yana o'yinlarimiz bor, raqiblar oddiy emas. Yutsa jamoa yutadi, yutqazsa murabbiy yutqazadi. Men bir yilda hamma narsani qilib qo'ya olmayman",- deydi Ejov.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика