Aleksandr Ejov: "Oldinga intilishda davom etamiz"
16 may 2021 10:14
Yangiliklar
Aleksandr Ejov: "Oldinga intilishda davom etamiz"
Pro liganing navbatdagi turidan o'rin olgan "Buxoro" - "Xorazm" uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Aleksandr Ejov fikrlarini bildirib o'tdi.
"Birinchi bo'limda to'pni yaxshi nazorat qildik. Lekin o'zimiz yaratgan vaziyatlardan foydalana olmaganimiz qimmatga tushdi. Oldinga intilishda davom etamiz. "Buxoro"ni g'alaba bilan tabriklayman. Muxlislarimizga uzoq yo'l bosib kelishgani uchun rahmat aytaman.
Uch ochko yo'qotdik. Futbolchilar g'alaba uchun maydonga tushgandi. Bu bilan to'xtab qolish kerak emas.
SHahzod Beshimovda intilish kuchli. Iqtidori va salohiyati bor. U gol urdi. Ammo etarli bo'lmadi. O'yin borasida yigitlarga ortiqcha etirozim yo'q. Ikkita xato ikkita golga olib keldi. Mashg'ulotlarda yanada yaxshiroq ishlaymiz. Hamma narsa birdaniga o'xshamaydi. Imkoniyatimiz darajasidan kelib chiqib ish tutamiz",- deydi Ejov.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar