So’nggi yangiliklar

13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  0 13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  2 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  0 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  3 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  2 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  8 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  7 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  1 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  11 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  14 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  11 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  12

Aleksandr Ejov: "2-3 ta vaziyatni yuz foiz golga aylantirishimiz kerak edi" Yangiliklar

Aleksandr Ejov: "2-3 ta vaziyatni yuz foiz golga aylantirishimiz kerak edi"

Pro liga 27-turidan o'rin olgan "Xorazm" – "Mashal" (0:0) uchrashuvidan so'ng xorazmliklar murabbiyi Aleksandr Ejov matbuot anjumanida qatnashdi va jurnalistlar savollariga javob berdi.

"Mavsum oxiriga kelib aytishim mumkinki, rejalarimiz sal boshqacha edi. SHunday bo'lsa-da, yigitlarga qilingan mehnat uchun rahmat aytmoqchiman. Bizga ozgina tajriba etishmayapti, lekin bu bosqichma-bosqich o'nglanib boradi. Sovuq havo bo'lishiga qaramay, bizni qo'llab-quvvatlagan muxlislarga rahmat aytmoqchiman. Bizga ishonch bildirayotgan rahbariyatga ham minnatdorlik bildiraman", – dedi Ejov.

- Eshitishimizcha, Hakim Fuzaylov bilan mavsum oxiriga qadar, yani 6 oylik shartnoma tuzilgan ekan. Umuman olganda, murabbiylash shtabi taqdiri qanday kechadi?

- Bilasizmi, bu menga bog'liq emas. Barchasini rahbariyat hal qiladi. Bizga ishonishsa, ishlashda davom etamiz.

- Hujumchilarning o'yinidan qanchalik ko'nglingiz to'ldi?

- 2-3 ta vaziyatni yuz foiz golga aylantirishimiz kerak edi. Ammo "Mashal" haqida unutmasligimiz kerak. Ular mavsumni juda yorqin o'tkazdi va yaxshi jamoa ekanligini isbotladi. Hujumchimizda qulay imkoniyatlar bo'ldi, ammo ularni ayblamoqchi emasman. Hujumchimiz penaltidan ham gol urolmadi, ammo dunyo yulduzlari bilan ham bunaqasi uchrab turadi, uni ayblay olmaymiz. Jamoa uni qo'llab-quvvatladi. Umid qilamizki, keyingi uchrashuvlarda o'zini ko'rsatadi.

- "Xorazm" so'nggi turda "Aral" mehmoni bo'ladi. Jamoa mavsumni yuqori notada tugatish uchun bu bahsga astoydil tayyorlanadimi?

- Butun mavsum davomida oxirigacha kurashish uchun maydonga tushdik. Ko'plab muammolarga uchradik. Tarkibda yo'qotishlar va diskvalifikaciyaga uchraganlar bor edi. Albatta, "Aral" bilan uchrashuvda g'alaba uchun o'ynaymiz.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика