So’nggi yangiliklar

10:50Аббосбек Файзуллаев индивидуал тикланиш машғулотларини бошлади  0 10:15Роналду фаолиятини якунлаганидан кейин нима қилишни истаётганини айтди  1 09:27"Барселона" мураббийи клубдаги ҳолат сабабли жамоадан кетмоқчи  4 09:00Алонсо мағлубиятдан сўнг нималар деди?   32 08:33Роналду ўғлига 300 минг долларлик автомобиль совға қилди   2 08:05Ўзбекистон МТЖ аъзоси муваффақиятли операция қилинди   4 07:39U-17 Жаҳон чемпионати. Бугун ўсмирларимиз ўз юришларини бошлайди  11 03:21ЕЧЛ. "Атлетико" ва "Тоттенхэм"да ғалаба. "Ювентус" яна дуранг ўйнади  2 03:05ЕЧЛ. "Бавария" меҳмонда ПСЖни таслим этди. Диас четлатилди, Дембеле жароҳат олди  15 03:00ЕЧЛ. ​"Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди  177 01:31Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" меҳмонда "Ал Садд" устидан ғалаба қозонди, "Ал Иттиҳод" "Шаржа"га умуман имконият қолирмади  0 01:05ЕЧЛ. "Арсенал" йирик ҳисобда ғалаба қозонди. "Наполи" ва "Айнтрахт" дуранг қайд этишди  6 01:04Максим Шацких: "Қанақа натижа бўлишини ўйиндан кейин кўрамиз"  5 00:58U-17 Жаҳон чемпионати. Бугунги кундан ўрин олган учрашувлар натижаси билан танишинг  0 00:27Палмер "Барселона"га қарши ўйингача сафга қайтиши мумкин  1

Aleksandr Ejov: "10 kishi bo'lib ham yaxshi o'ynadik va vaziyatlarga ega bo'ldik. Durang adolatli natija bo'ldi" Yangiliklar

Aleksandr Ejov: "10 kishi bo'lib ham yaxshi o'ynadik va vaziyatlarga ega bo'ldik. Durang adolatli natija bo'ldi"

Bugun Pro liganing 25-turidan o'rin olgan "Xorazm" - "Qo'qon-1912" (1:1) uchrashuvidan so'ng xorazmliklar bosh murabbiyi Aleksandr Ejov o'yindan keyingi matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Yaxshi o'ynadik, ammo o'zimizning vaziyatlarimizdan foydalana olmadik. Bunday vaziyatlardan unumli foydalanishga majbur edik. Mashg'ulotlarda ushbu jihat ustidan ishlamoqdamiz. 10 kishi bo'lib ham yaxshi o'ynadik va gol urish uchun imkoniyatlarga yarata oldik. Yigitlarga o'yin uchun minnatdorchilik bildiraman. Durang adolatli natija bo'ldi", - dedi Aleksandr Ejov bugungi uchrashuv haqida.

- CHetlatishga qadar jamoa yaxshi o'ynab turgandi. Qizil kartochkadan keyin ham jamoa o'yin tempini ushlab qola oldi. CHetlatishdan so'ng futbolchilaringizga qandaydir alohida ko'rsatma berdingizmi?

- Futbolchilar barchasini tushunib turishibdi. Avvalgi o'yinlarda juda ko'p ochkolar yuqotdik. O'yindan o'yinga kuchayib borishimiz kerak. Muxlislarimizga ham rahmat, ular bizni qo'llab-quvvatlashmoqda. O'yinimiz o'sib bormoqda. Musobaqa jadvalida bizdan teparoqda bo'lgan jamoalarga qarshi ham yaxshi o'ynamoqdamiz, ulardan ustunroqmiz. To'pga egalik qilish bo'yicha. Afsuski, muxlislarimizni g'alabalar bilan xursand qila olmayapmiz. Rahbariyatga ham rahmat. Bizni moliyaviy va ruhiy tomonlama yordam berishmoqda. SHunday o'ynashda davom etsak, bir kun kelib Superliga darajasidagi jamoaga aylanishimizga ishonaman.

- Asosiy himoyachilardan biri Bobur Akbarov nega maydonga tushirilmadi?

- Bizda har bir uchrashuvda yuqotish bor, afsuski. Akbarov sonining orqa tomiridan jarohat oldi. U hozir tiklanish jarayonida.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика