Aleksandr Averyanov: "Andijon"ning mavsumni ayanchli boshlaganidan xafa bo'ldim"
24 apr 2014 20:30
Yangiliklar
Aleksandr Averyanov: "Andijon"ning mavsumni ayanchli boshlaganidan xafa bo'ldim"
Andijon futboli tarixida o'ziga yarasha iz qoldirgan rossiyalik Aleksandr Averyanov 2012 yili “Burgutlar”ga bosh murabbiy bo'lib kelganida buni barcha muxlislar katta xursandchilik bilan qarshi olishgandi.
Biroq uzoq yillik tanaffusdan so'ng “Andijon”ga qaytgan mutaxassisning bu safargi faoliyati bir mavsumga ham etib bormadi. Unga ishlash uchun imkoniyat berilmagani murabbiyning xavfsalasini pir qilgandi. O'ylab qo'ygan rejalarini, tajribalarini oxirigacha amalga tadbiq eta olmasdan ortiga qaytib ketish uning uchun alamli edi. Averyanovdan keyin “Andijon” qanday ahvolga tushib qolgani barchaga yaxshi ayon. Xattoki hozir ham klub o'z mavqeini tiklay olmayapti. Muxlislar esa Averyanovga hali ham ishonishadi. Agar o'sha paytda istefoga chiqarilmaganida jamoa oliy ligadan tushib ketmasligiga ham qatiy ishonishardi. Endi bularni gapirishdan foyda yo'q, chunki bo'lar ish bo'lib o'tdi. Ammo Aleksandr Nikolaevich bilan suhbatlashishni anchadan beri niyat qilib yurardik. Negaki, hozirgi paytdagi faoliyati shuningdek, “Andijon”da o'tkazgan hayoti xususida qanday taassurotlar qolgani qiziq tuyulgandi.
- Aleksandr Nikolaevich, “Andijon” klubidan ketganingizdan keyin faoliyatingizda nima o'zgardi? Jamoa ishqibozlari hozirgacha sizni eslab yuradilar.
- Eslab yurganinglar uchun rahmat! Albatta, klubdan ketishni rejalashtirmagandim. Men uzoq yillar davomida har qanday raqibga qarshi kurasha oladigan kuchli jamoani shakllantirishni istagandim. Andijonlik ishqibozlarni mahalliy futbolchilar o'zlarining yaxshi o'yini bilan quvontirishga munosiblar. Ha, jamoada ishlab yurgan paytimda ularning qo'llab-quvvatlashalarini his qilib turardim. Ishqibozlarning muhabbati va ishonchi jiddiy uchrashuvlarga tayyorgarlik ko'rish oldidan o'yinchilarga doim yordam berardi. Faoliyatimga kelsak, professional murabbiyning hayotida qanday o'zgarishlar yuz berishi mumkin? O'zbekistondan qaytib kelganimdan ikki kun o'tgach ikkinchi divizionda muvaffaqiyatsiz ishtirok etayotganda “Oryol” jamoasini boshqarish taklifini oldim. Hozir murabbiylar oliy maktabida saboq beryapman. Maruzalar o'qiyapman, seminarlar o'tkazyapman. Bir so'z bilan aytganda, rus murabbiylarini aql bilan ish yuritishga o'rgatyapman. Axir futbolda uzoq yillar davomida bilim va tajribalar orttirganman.
- Sobiq klubingizning chempionatda qanday ishtirok etayotganidan xabaringiz bormi?
- Joriy yildan boshlab jamoaning oliy ligada ishtirok etishga kirishganini bilaman. Internet orqali malumotlar olyapman. Mavsum starti bunday ayanchli ko'rinish olganidan xafa bo'ldim. Ishonchim komilki, muxlislarning juda kuchli qo'llab-quvvatlashlari yordamida “Andijon” vaziyatni ijobiy tomonga o'zgartira oladi.
- “Andijon” muxlislari hali ham sizni eslab yurishadi. Aytingchi, klubni tark etganingizda xayolingizga qanday fikrlar kelgandi?
- Albatta, bundan iztirobga tushganman. SHu bilan birga muxlislar jamoa tepasida O'Z murabbiyini ko'rishni istayotganlarini his qilib tushunib turardim. Ularning ishonchini qozonishim shart edi. Qabul qilgan qarorlarimda qatiy bo'lishim va o'z g'oyalarimni viloyat rahbariyatiga etkazishim kerakligini his qilardim. Ammo buni uddalay olmadim. Klub rahbariyati bilan munosabat chog'ida principial mavqeimni egallay olmadim. Ular bilan ko'ngildagidek jamoa tuzishim amrimahol ekanligini tushunib etgandim. Moliyaviy masala faqat bir kishiga bog'liq bo'lib qolgan paytda va u mablag'ni xuddi o'zining shasxiy mulkidek foydalanayotgan bir pallada bunday yo'l tutish yaxshilikka olib kelmaydi. SHuning uchun ham jamoada doim pul bo'lmasdi. O'yinchilar ko'ngildagidek ovqatlanish yoki malakali tibbiy xizmat bilan taminlanishni qo'ya turing, mukofot pullarini ololmasdilar. Vaholanki, homiylar klubning moliyaviy ahvoli uchun to'liq yordam ko'rsatardilar. Jamoaning bu boradagi faoliyati bilan tanishib chiqqanimdan so'ng Andijon viloyati futboli, jumladan “Andijon” klubini rivojlantirish yo'lidagi fikrlarimni etkazishga harakat qildim. SHu maqsadda jamoa prezidenti, Andijon viloyati hokimi A.T.Usmonovga xat yozdim. Ammo javob olmadim. Sizga bu xatni jo'natyapman.
- Klubni boshqargan paytingizda mahalliy o'yinchilar ko'p edi. Masalan, Lochin Dolimov, Dilmurod Mamayusupov, Alisher To'xtasinov, Akmal Jo'raboev, Ildar Mamatkazin, Akbar Xodjaev. Ular sizning qo'l ostingizda to'p surishardi. Hozir ayrimlari zaxirada o'tirishgan bo'lsa, ko'pchiligi klubni tark etganlar. Aytingchi, ularning saviyasi oliy ligaga mos tushadimi?
- Men bu ro'yxatga Davron Tursunov, Bekzod G'oziev, Bahrom Abdurahimov, Ibrohim Otaxonov, Rasul Rahmonov, Lochin Soliev, Ikrom Ibragimovni ham qo'shgan bo'lardim. Ko'rib turganingizdek, jamoa asosan mahalliy o'yinchilardan tashkil topgandi. Nazarimda hammasi istiqbolli futbolchilar. Lekin, afsuski, ular bilan ishlash uchun imkon bermadilar. Tan olishim kerak, o'zbek futbolini yaxshi bilmasdim. SHuning uchun legionerlarni tanlash chog'ida ayrim xatolarga yo'l qo'yganman. CHempionat boshidayoq ularning jamoaga foydasi tegmasligini tushunib etgandim. Ayniqsa, Vladimir SHishelov boshqalardan ajralib turardi. Uni shaxsan o'zim “Andijon”ga taklif qilgandim va u ishonchni oqlashga kirishgandi. 6-7-turdan so'ng u chempionatdagi eng yaxshi to'purarga aylanib olgandi. Keyin esa xujjatlarni soxtalashtirish, yani, shartnoma bilan bog'liq yoqimsiz voqea yuz berdi va kutilmaganda SHishelov jamoani tark etdi. Qolgan legionerlar bilan birinchi davradan so'ng xayrlashishimizga to'g'ri keldi va asosiy urg'uni o'z yoshlarimizga qaratishga qaror qildik. Ularning hammasini istiqbolli yigitlar deb hisoblayman. Buni o'yinlar ko'rsatib berardi. Jamoa zamonaviy futbol namoyish etardi. O'yin borasida hech kimga yutqazmaganmiz. SHuning uchun stadionga tomoshabinlarning tashrifi doim yuqori edi. Kamchiliklar sifatida himoyada yo'l qo'yilgan bolalarga xos xatolarni aytib o'tgan bo'lardim. Qolaversa, darvozabonlar ham bo'sh o'ynardilar. Klub hayotining hamma sirlarini ochishni istamasdim. Lekin ayrim futbolchilarning rahbariyat bilan birgalikda qitmirona yo'l tutganlari borasida jim tura olmayman. Mayli, bularning hammasi vijdoniga havola...
- “Andijon”da ishlayotgan paytingizda tizim va infratuzilma sizni to'la qanoatlantirarmidi? Va umuman infratuzilma qanday bo'lmog'i kerak?
- Albatta, qoniqtirmasdi. Bu haqida yuqorida ham aytdim. Klubdagi ishlarning hammasi faqat bir odam, u ham bo'lsa ko'proq o'z manfaatini o'ylagan paytda yaxshi natija kutmagan maqul. Tuzilma qanday bo'lishini viloyat hokimiga yozgan xatimda batafsil tushuntirib bergandim. Futbol xo'jaligini boshqarishning boshqa usullari ham bor. Axir o'zingiz o'ylang, baza 10 yil mobaynida tamirlanmagan va shart-sharoitlar ko'ngildagidek bo'lmagan vaziyatda futbolchi o'yinlarga qanday qilib yaxshi tayyorgarlik ko'ra oladi? Men murakkab uchrashuvlardan so'ng kuchni qayta tiklash uchun yaratilgan shart-sharoitlar haqida gapirmayapman. Katta mashaqqatlar evaziga biroz bo'lsa ham ko'ngildagidek ovqatlanishni yo'lga qo'ygandik. Buning o'zi katta natija edi. Nazariy mashg'ulotlarni o'tkazish uchun audio, video texnika juda muhim! Albatta, ehtimol bunday uskunalar boshqalarda ham yo'q bo'lishi mumkin. Biroq biz yuqori natija haqida gaplashyapmiz. Futbolda arzimaydigan mayda-chuydalar bo'lmaydi!
- Murabbiylar shtabi bilan qanday ishlagansiz?
- Yordamchilarim tomonidan faqat hurmat bilan munosabatni his qilib turardim. Jamoa boshlig'i Solijonov Anvar Tojievich bilan ishlash yoqimli bo'lgan. U aqlli, dono va obro'yi baland mutaxassis. U avval sobiq ittifoqning etakchi hakamlaridan biri bo'lgan. SHunday mutaxassis o'zbek futbolining tarbiyalanuvchisi ekanligi diqqatga sazovor. Birinchi yordamchim Vitaliy Ligay bilan ham hamkorligimiz juda ajoyib chiqqan. U zamonaviy murabbiy. Asosiysi, futbol sanatini yaxshi tushunadi. Jamoa shifokori Bahodir Nasriddinov bilan o'zaro ish jarayonida yaxshi xotiralar qolgan. Massajchi Marlen Karimov, jamoa mamuri Maruf To'raqulov ham o'z ishinining ustalari hisoblanishardi. Jamoaning matbuot xizmati ham ko'ngildagidek ishlagan.
- Andijondagi faoliyatingiz haqida qanday yaxshi taassurotlar qolgan?
- Birinchi navbatda ishqibozlarni ko'rsatgan bo'lardim! Ular futbolni juda sevadilar. Fansektor juda ajoyib edi. Garchi muxlislar klubining rahbari Nodir To'ychiev bilan bazida chiqisha olmay qolgan bo'lsakda, uni va boshqa yigitlarni tushunishim mumkin. Ular sevimli jamoasi uchun chin dildan qayg'urardilar. Ayniqsa, katta avlod vakillariga bo'lgan mehrim boshqacha edi. Ular 80-yillarda va “Andijon”dagi keyingi faoliyatimda ham men bilan doim yonma-yon bo'ldilar. O'zbekistonda futbolning rivojlanishi to'g'ri yo'ldan borayotganini takidlab o'tmoqchiman. Andijonda ham bu borada katta ishlar amalga oshirilmoqda. Birinchi navbatda internat tashkil etish va bolalarni tayyorlash uchun tajribali mutaxassislar jalb etilganini aytish kerak. SHaharda M.To'xtasinov boshchilik qilayotgan futbol maktabi alo darajada. Qolaversa, O'zbekiston tobora chiroyli bo'lib bormoqda! O'z navbatida Andijon shahri ham kun-sayin chiroy ochmoqda.
- Suhbatimiz oxirida shunday savol bermoqchiman: agar sizni yana “Andijon”da ishlashga chaqirsalar rozi bo'lasizmi?
- Andijon men uchun ikkinchi Vatan bo'lib qolganini takidlaganman. Taklif bo'lsinchi, o'shanda o'ylab ko'ramiz! Hozircha Andijonning barcha aholisiga mening katta salomimni etkazing. Ularga hayotida omad tilab qolaman!
FIRDAVSXON suhbatlashdi.

Fikrlar