Aleksandr Alumona "Navbahor"dan ketdi
04 mar 2015 13:52
Yangiliklar
Aleksandr Alumona "Navbahor"dan ketdi
Mavsumga tayyorgarlikning asosiy qismini Toshkentda o'tkazgan jamoamiz bugun Namanganda to'planadi.
Rejaga ko'ra, soat 16.00 da "Dinamo" o'yingohida "Navbahor" mashg'ulot o'tkazadi. Tarkibdagi yangiliklar hususida to'xtaladigan bo'lsak, "lochinlar" safida ko'rikdan o'tayotgan Aleksandr Alumonaga murabbiylar shtabi o'z yurtiga qaytib ketishga ruxsat berganini takidlash lozim. Futbolchining harakatlari mutaxassislarni qoniqtirmagani bois shu qarorga kelingan. SHuningdek so'nggi paytlarda turli elektron OAVlarda va muxlislar orasida hujumchimiz SHahboz Erkinovning jamoadan ketganligi borasida tarqalgan mish-mishlar asossiz ekanligini bildirib o'tish lozim. Futbolchi betobligi bois nazorat o'yinlarida maydonga tushmagan. Jamoada ro'y berayotgan o'zgarishlar borasida rasmiy saytimizda xabar berib boramiz.
championat.asia
Саудиянинг "Ал-Аҳли" клуби Винисиус Жуниорга 1 миллиард евро миқдорида шартнома таклиф қилмоқчи
ЕЧЛ. "Барселона" бироз асабий ўтган ўйинда "Славия"ни мағлубиятга учратди
2024/2025 йилги мавсумнинг энг сердаромад 20 та футбол клуби эълон қилинди
Расман: "Металлург" қайта тикланди
Fikrlar