Aleks Fergyuson operaciya qilindi
06 may 2018 07:17
Yangiliklar
Aleks Fergyuson operaciya qilindi
“Manchester Yunayted” klubining sobiq afsonaviy murabbiyi Aleks Fergyuson kasalxonaga tushib qoldi va operaciyani ham boshidan kechirdi.
The Times nashrining xabariga ko'ra, 76 yoshli shotlandiyalik mutaxassis payshanba kuniyoq o'zini yomon xis qila boshlagan va ertasiga kasalxonaga yotqizilgan.
Kecha Fergyusonni zudlik bilan operaciya qilishgan. Uning miyasida qon quyilib qolgani aytilmoqda. Jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli o'tdi. Ser Aleks bir necha kun shifoxonada qoladi.
Malumot uchun, Aleks Fergyuson “Manchester Yunayted”ga 27 yil davomida ustozlik qilgan. 1986-2013 yillar davomida uning boshchiligidagi “Qizil iblislar” 38ta sovrinni qo'lga kiritishdi. Jamoa 13 marotaba Angliya chempioni, ikki bor Evropa CHempionlar ligasi g'olibi bo'ldi.
Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar