Alekcandr Xomyakov: “Bugun bizga ko'p narsalar etishmadi”
01 iyu 2015 23:32
Yangiliklar


Alekcandr Xomyakov: “Bugun bizga ko'p narsalar etishmadi”
“Nasaf” – “Mashal” (3:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida dastlab mehmonlar ustozi Aleksandr Xomyakov ishtirok etdi.
-Bugun futbolchilarimizga jangovar ruh etishmadi. Umuman bizga bugun ko'p narsa etishmadi. O'ylagan rejalarimiz amalga oshmay qoldi. Oxirgi to'rt o'yinda “klinch” holatida qolgan bokschiga o'xshab qolganmiz. Tezroq “gong” chalinib, tezroq tanaffusga chiqishimiz kerak. Davralar oralig'idagi tanaffus bizga yordam bersa kerak. Tanaffusda xatolarimizni batafsil tahlil qilamiz. Yaxshi ot keyin chopadi, degan naql bor. Biz bilan shu maqolning aksi bo'layapti hozir.

Fikrlar