Alderveyreld “Roma” bilan shaxsiy shartnomasini kelishib oldi
14 iyu 2019 08:50
Yangiliklar


Alderveyreld “Roma” bilan shaxsiy shartnomasini kelishib oldi
“Tottenhem” himoyachisi Tobi Alderveyreld “Roma”ga o'tishga yaqin turibdi, deya xabar bermoqda Calciomercato.
Manbaning xabariga ko'ra, Belgiya terma jamoasining 30 yoshli futbolchisi Rim klubi bilan shaxsiy shartnomani kelishib olgan. Unga ko'ra, futbolchi klub bilan to'rt yillik shartnomasi davomida yiliga 3 million evro maosh olishi kutilmoqda.
Alderveyreld 2015 yilning iyulidan boshlab “Tottenhem” sharafini himoya qilib kelmoqda. Futbolchining London klubi bilan shartnomasi 2020 yil yozida nihoyasiga etadi.
Yakuniga etgan mavsumda Tobi “Tottenhem” safida 50 ta (barcha turnirlarda) uchrashuvda maydonga tushdi. “SHporlar” APL turnir jadvalida to'rtinchi o'rinni egallashdi va ECHL finaliga qadar etib borishdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar