So’nggi yangiliklar

00:50"Арсенал" Гёкереш билан деярли келишиб олди  0 00:25Премьер лигага қайтган "Сандерленд" ўз тарихидаги рекорд трансферни амалга оширди  0 00:05Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Реал Мадрид" – "Ювентус" (онлайн ҳисоб)  24 23:50Александр Ляказетт Саудия Арабистони юқори дивизиони дебютанти таркибига бориб қўшилди  1 22:45"Вест Ҳем" молиявий фейр-плей сабаб Кудусни "Тоттенхэм"га арзонроққа сотиши мумкин  0 21:55"Фенербахче" Шкринярнинг тўлиқ трансфери устида ишламоқда  0 21:29Карвахаль ўзига рақобатчи бўлган Трентнинг "Реал"га келгани ҳақида гапирди  6 21:09Давиде Анчелотти "Реал"даги энг ёмон ҳолат ҳақида гапирди  0 20:45Клублар ўртасидаги ЖЧда яна бир Беллингем порламоқда. У "Боруссия" учун инглиз топ клублари таклифларини рад этган  2 20:19Расман: Кепа "Арсенал"га ўтди  0 19:49"Арсенал" қанотни кучайтирмоқчи, лекин Мартинелли қолади  0 19:22"Футбол олами". Қаршида "триллер" рўй берди, "Навбаҳор"дан 6:0, "Бунёдкор"да суперкамбэк  1 19:06"Монако" "Барселона" ҳужумчисини ижарага олди  3 18:38"Арсенал" "Челси" вингери учун таклиф юборди  3 18:10Хаби Алонсо Родригонинг "Реал"даги роли ҳақида гапирди  2

"Navbahor" o'z muxlislarini aldadimi? Yangiliklar

"Navbahor" o'z muxlislarini aldadimi?

Namanganning "Navbahor" jamoasi o'tgan haftadan Antaliyadagi 40 kunlik yig'inni yakunlab yurtimizga qaytib keldi.

Jamoa azolari bir necha kunlik tanaffusdan so'ng Namanganda yig'ilishdi va so'nggi tayyorgarlikni boshlab yuborishdi. Rejaga ko'ra, "lochinlar" bugun kunning birinchi yarimida "Andijon" bilan o'ynab yirik 0:4 hisobida mag'lub bo'ldi. Buni qarangki, xabar chiqqandan bir necha daqiqadan so'ng klub matbuot xizmati muxlislarni tinchlantirish maqsadida "Andijon" bilan ikkinchi tarkib harakat qilganini, lekin boshqa manbalar "Navbahor" safida esa bir nechta tajribali futbolchilar to'p tepganini malum qildi. Qizig'i uchrashuv tafsilotlari to'liq oshkor qilingani yo'q. Bunga sabab esa klub matbuot xodimlarining Toshkentda PFL seminariga yig'ilgani bo'ldi. Xo'p, bu qisman tushunarli vaziyat. 


"Andijon" o'rtoqlik bahsida "Navbahor"ni yirik hisobda taslim qildi



"Navbahor": "Andijon"ga 0:4 hisobida yutqazgan jamoa asosiy tarkib emas


Endi kunning ikkinchi qismida asosiy jamoa Tojikistonning "Xo'jand" jamoasi bilan o'ynadi. Dastlab klubning rasmiy telegram kanalida soat 14:30da yani uchrashuvdan roppa-rosa 2 soat oldin o'yin ochiq bo'lishi, muxlislar tashrif buyurishi mumkinligi haqida yozdi. 


Taxminan 1000 nafarga yaqin ishqiboz Namangandagi "Markaziy" arenaga yig'ilganda yani 16:54da klub telegram kanalida muxlislarsiz yopiq o'yin bo'lishini malum qildi. 

Muxlislar esa bahsni tomdan turib tomosha qilgan videolari tarqaldi. Hattoki pul yig'ib berib bo'lsa ham kirardik, degan alamli gaplar eshitdik. Tosh asrida ham bunday "qovun"lar tushmagan! OAVku mayli, Antaliyadagi o'yin, mashg'ulotlarini berkitgan Namanganga qo'yarmidi? Loaqal futbolni aldamanglar? Qizig'i shuki, yopiq o'yin yutubda translyaciya qilindi. Nima "Qizilqum"dan shunchalik qo'rqyapsizlarmi? Xo'p, yopiq ekan oxirigacha yopiq qiling! 

MANBA

 Qo'shiqning jonlisi yaxshimi yoki fonogramasi. Mana Toshkentda, "Paxtakor" ham xalqaro o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi, nisbatan nomdor "Qayrat" bilan. Kam sonli bo'lsa ham muxlislar keldi, taxminan 3 mingga yaqin.  Uchrashuv ham tv, ham yutubda jonli efirda uzatildi. Maksim SHackix ham aytsa bo'lardi, birinchi tur oldidan yopiq qilmoqchiman, xech kim kirmasin, deb. Gap kimnidir maqtash, yoki "loyga" qorish emas. Bor narsani aytish, tamom. Mayli berkiting, yashiring, hech kim ko'rmasin. Faqat muxlislarni aldmang. 

Reyting: +27   
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика