Albiol: "Italiyada Ronaldu har mavsum 40ta gol urishi qiyin"
10 sen 2018 14:10
Yangiliklar
Albiol: "Italiyada Ronaldu har mavsum 40ta gol urishi qiyin"
"Napoli" himoyachisi Raul Albiolning fikricha, uning "Real"dagi sobiq jamoadoshi va "Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu A Seriyada LaLigadagidek har mavsum ko'p gol ura olmaydi.
"Italiyada futbol himoyaviyroq va ko'proq taktik hamda jismoniy tayyorgarlikka tayanilgan. Bu erda qanday o'ynashni bilish kerak. Krishtianu ajoyib futbolchi, ammo A Seriyada u har mavsum 40ta gol urishi qiyin. Ronaldu buncha gol urmaydi deb umid qilaman, chunki bu "Yuventus" uchun yaxshi, lekin bizga aksincha.
Ronaldu o'tgan mavsumni "Real" safida shunday boshlagan edi. Avvaliga gol urmadi, biroq mavsum oxirida u to'purarlardan biri edi. Krishtianu faoliyati davomida faqat gol uradi, buni tasodif deb bo'lmaydi" - deydi Albiol.
Fikrlar