Alberto Zakkeroni "Beyjing Guan" bosh murabbiyi bo'ladi
01 jan 2016 09:47
Yangiliklar


Alberto Zakkeroni "Beyjing Guan" bosh murabbiyi bo'ladi
"Milan", "Lacio", "Inter" va "Yuventus" klublarining sobiq ustozi Alberto Zakkeroni Xitoyning "Beyjing Guan" klubida ish boshlashga yaqin.
"Tuttomercatoweb" nashri xabariga ko'ra, murabbiy ushbu klub bilan 2 yillik shartnoma borasida kelishuvga erishgan. Zakkeronining "Beyjing Guan" bosh murabbiyi etib tayinlangani haqida rasmiy xabar yaqin vaqt ichida elon qilinadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar